I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə42/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Gipokeneziya - ishlab chiqarishdagi noxush omillardan hisoblanadi. Shuning uchun aqliy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi kishilarda yurak xastaligining kelib chiqish darajasi yuqori hisoblanadi.
Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud: operator, boshqaruvchi, ijodiy mehnat, tibbiyot xodimlari mehnati, o’qituvchilar, o’quvchilar va talabalar mehnati. Bular bir-biridan o’zining mehnat jarayonidagi ishtiroki, his-hayajon darajalarining turii darajada bo’lishligi bilan farq qiladi.
Operator ishi - zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni boshqarish vazifasini, har bir operatsiya ishini nazorat qilish, mahsulotning liniyadagi harakatlanishini va uni haridorlarga yetkazish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Boshqaruv mehnati - korxona va tashkilot rahbarlarining mehnati bo’lib, u katta hajmdagi muammolarni, ma’lumotlarni tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish, shaxsiy javobgarlikni his etish, yuzaga keladigan salbiy rnuammolarning yechimini o’z ichiga oladi.
Ijodiy mehnat - anchagina murakkab mehnat shakllaridan biri bo’lib, bunda xotira va e’tibor kuchli bo’lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning oshishiga olib keladi. Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur tuzuvchilar, dizavnerlar, arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar, artistlar, rassomlar, konstruktorlar kiradi. Bunday mehnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo’riqishlarni talab qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda qon bosimi, tana haroratining oshishi, organizmning kislorodga bo’lgan tanqisligi oshishi kabi funksional o’zgarishlar kuzatiladi.
O’qituvchilar, savdo va tibbiyot xodimlari mehnati - ular har doim odamlar bilan o’zaro munosabatda bo’lishlarida sabab, ularda javobgarlikning ortishi, vaqtning yetishmasligi, ma’lumotlarni to’g’ri qabul qilmasligi natijasida asabiy hayajonning oshishiga olib keladi.
O’quvchilar va talabalar mehnati: Bu mehnat shaklida psixologik funksiyalarni: xotira, e’tibor, qabul qilish susayib, asabiy xolatlarga tushib qolib (imtixon sinovlar va xokazo), zo’riqishlarga olib keladi.
Insonning mehnat qilish jarayonida energiya sarflanishi, bajaraladigan ishning og’ir-yengiligiga, ya’ni muskul energiyasining sarflashiga, ishning oddiy yoki murakkabligiga, emotsional zo’riqish darajasi va ishlab chiqarish muhitining gigiyenik normalariga (havo harorati nisbiy namligi va havo harakati tezligi) bog’liq bo’ladi. Jumladan, aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchilar (o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, muhandislar va boshqalar)ning bir kecha-kunduzda sarflaydigan energiyalari 10-11,7 MJ ni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlayotganlar 12,7-17,5 MJ ni va og’ir jismoniy mehnat qiladiganlar esa 16,8-25 MJ energiya sarflar ekan. Mehnat qilish jarayonida energiya sarflanish darajasi mehnat qilish xolatiga ham bog’liq bo’ladi. O’tirib ish bajarganda umumiy energiya sarfiga nisbatan 5-10 foiz ortiq energiya sarflanadi. Tik turib ishlaganda 10-25 foiz, majburiy noqulav ish sharoitida 40-50 foiz ortiq energiya sarflanadi. Aqliy mehnat jarayonida sarflanadigan energiya miqdori odamning asab emotsional xolatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, o’tirib ovoz chiqarib o’qish jarayonida energiya sarfi 48 foizga ortadi, ko’pchilikka ma’ruza qilgan vaqtda 94 foizga ortadi va hisoblash mashinalari operatorlari sarflagan energiya hajmi 60-100 foizga ortishi kuzatiladi. Demak, insonning turli ko’rinishdagi mehnat faoliyatlarini amalga oshirishda, ularning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olish, inson organizmining mehnat qilish qobiliyatlarini oshirish uchun kerakli choralarni ko’rish va ishchi-xizmatchilar uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin