I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Changlar kattaligi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə46/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Changlar kattaligi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:
1 - yirik changlar (kattaligi 10 mkm dan katta bo’lgan changlar). Bunday changlar o’z og’irligi ta’sirida yerga tushadi;
2 - mayda changlar (kattaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo’lgan changlar) bunday changlar yomg’ir, qor yog’ishi natijasida yerga tushishi mumkin;
3- ultramikroskopik changlar (kattaligi 0,25 mkm dan kichik changlar, ular yerga qo’nmaydi). Ishlab chiqarish changlarining inson organizmiga ta’siri ko’p omillarga bog’liq. Ularga chang zarrachalarining kattaligi, shakli, lining havodagi miqdori, ta’sir etish muddati, ularning fizik-kimyoviy xossalari. ish jarayonining muhiti va boshqa ta’sirlar kiradi. Masalan, tashqi harorat ko’tarilganda kishi jismoniy mehnat bilan shug’ullanganda tez-tez nafas olishi natijasi­da organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollarning bo’lishi va havodagi boshqa gazlarning ta’siri changning organizmga zararli ta’sirini kuchaytiradi.
Chang zarrachalarining gigiyenik ta’siridan tashqari yana boshqa salbiy ta’sirlari ham bor, jumladan:
a) changlar texnologik jixozlarning yemirilishini tezlashtiradi; qimmatbaxo materiallarni yaroqsiz xolatga keltirib, iqtisodiy zarar yetkazadi;
b) texnosferada changlarning tarqalishi sanitariya xolatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi jixozlarning ifloslanishi oqibatida yorug’likni kamaytiradi;
d) ko’mir, yog’och, solyar moyi changlari yong’in va portlashlarning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. Changlarn­ing kimyoviv tarkibi, eruvchanligi, katta-kichikligi, shakli, ularning tuzilishi (kristall yoki amorf), elektr o’tkazuvchanligi va boshqa xususiyatlari ularning organizmga ta’sir qilishida muhim rol o’ynaydi. Changlarning organizmga ko’p tomonlama ta’siri ularning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’ladi. Eng avvalo, changning salbiy ta’siri nafas olganda kuzatiladi. Bunda chang havo bilan nafas olinganda nafas organlarini zararlaydi. Bundan tashqari changlar yuqori nafas yo’llarining, ko’z shilliq qavatining, teri qoplamasining, o’pka yo’llarining zararlanishiga olib keladi. Changlar ichida kremniy va uning birikmalarining changi eng xavfli hisoblanadi. Jumladan, kremniy oksidi (kvars), silikat changlari, ba’zi bir metallar (aluminiy va boshqalar)ning changlari va ularning aralashmalari erimaydigan hisoblanib, nafas olish tizimlarida tutilib qoladi va aluminoz kasalligini yuzaga keltiradi.
Eriydigan changlar nafas yo’llarida tutilib so’riladi va qonga o’tadi, ular kimyoviy tarkibiga qarab organizrnda turli xilda ta’sir xususiyatlarini namoyon etadi. Masalan, qand changi zararsiz, qo’rg’oshin, mis va boshqa metallarning changi zaharlovchi ta’sir ko’rsatadi.
Changlarning katta-kichikligi ularning havodagi turg’unligi, nafas yo’llariga kirishi va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. Masalan, 10-20 mkm kattalikdagi zarrachalar Nyuton qonuniga bo’ysungan xolda yerga tortishish kuchi ta’sirida ma’lum tezlik bilan yerga tushadi. Inson nafas olganda ular nafas yo’llarming yuqori qatlam-larida ushlanib qoladi.
Mikroskopik zarrachalar esa (0,25-10 mkm) havoda ancha turg’un bo’lib, bir xil tezlikda yerga tushadi. Nafas olinganda asosan ularning 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari nafas yo’liariga kiradi. Ultramikroskopik zarrachalar kattaligi 0,25-0,1 mkm va undan kichik bo’lgan zarrachalar Broun harakatiga bo’ysunganligidan havoda uzoq vaqt turadi. Ular o’zaro harakatlanganda bir-biri bilan to’qnashishilari natijasida yiriklashib, yerga tushadi. Bunday muhitda nafas olingan havodagi ultramikroskopik zarrachalarining 60-70% i o’pkada ushlanib qoladi. Bu zarrachalarning massasi katta bo’lmaganligidan changli shikastlanishning rivojlanishi katta bo’lmaydi. Chang zarrachalarining shakli har xil bo’lishi mumkin: sferik, yassi, turli shaklli. Aerozollar xosil bo’lishida chang zarralari miqdorining ko’p qismi sferik shaklga ega bo’ladi.
Dezintegratsiya aerozollarida esa yassi shaklli va murakkab shakl­li zarrachalar bo’ladi. Mana shunday shaklli zarrachalardan shisha tolasi, sluda kabilarining changlari nafas yo’llariga kirganda yuqori nafas yo’llari hujayralarini zararlaydi hamda ko’zning shilliq qavatiga va teriga ta’sir ko’rsatadi.
Chang zarrachalarining elektr bilan zaryadlangan bo’lishi aerozollarning turg’unligiga va ularning biologik faolligiga ta’sir qiladi. Qattiq materiallarning changishi vaqtida chang zarrachalarining 90-98% i musbat yoki manfiy zaryadlanadi. Yirik zarrachalar esa quyi zaryadli bo’ladi. Changing zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi asab kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Silikoz - toza kremniy (II) oksidi changining ta’siridan pnevmokiniozning ko’p uchraydigan va harakterli shakli.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin