Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib borilayotgan paytda kurashayotgan shahslarga qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi:
zaruriyat tug’ilganda ko’chada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda yo’lovchilarni cheklash va ta’qiqlash;
transport vositalarini ayrim hududlarga va ob’yektlarga kiritmaslik, hatto chet el diplomatik vakolatlarining konsul’tik transportlari ham;
axolini xavfli deb topilgan hududlardan, korxona, uy, bino, va boshqa ob’yektlardan chiqarib yuborish;
jismoniy shahslarning shahsini aniqlash uchun ushlab turish;
Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazayotgan shahslarning qonuniy talabini bajarmagan, Terrorchilik harakati sodir bo’layotgan hududga suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shahslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;
kechiktirish kishilar hayotiga xavf solayotgan bo’lsa, Terrorchilik harakati ishtirokchilarini ta’qib qilib istamagan paytda bino, korxona, ish joyi, uy va boshqa joylarga mone’liksiz kirish;
Terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan chiqayotgan yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shahslarni tekshirish;
zaruriyat tug’ilganda, jismoniy shahslarning aloqa va transport vositalaridan foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolatxonalari xodimlarining aloqa va transport vositalari kirmaydi);
Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bo’lgan qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin. Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy ahborot vositalari bilan hamkorlikka ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma’lumotlarning tarqalishiga yo’l qo’yilmaydi. Jumladan:
Terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo’q qilish uchun mahsus tehnika usullari va taktik yondashish jarayoni;
o’tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo’yadigan, jismoniy shahslar hayoti va sog’lig’iga xavf tug’diradigan ma’lumotlar;