I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Metalldan yasalgan stellajlar korroziya paydo bo’lishidan hamda metall tara tegib ketganda uchqunlanish imkoniyatidan himoyalangan bo’lishi lozim



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə121/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Metalldan yasalgan stellajlar korroziya paydo bo’lishidan hamda metall tara tegib ketganda uchqunlanish imkoniyatidan himoyalangan bo’lishi lozim.
Yuklash-tushirish ishlari uchun foydalanilayotgan avtotransportni ishlar tugaganidan so’ng omborlar hududida qoldirish mumkin emas.
Umumiy va mahalliy ventilyatsiya qurilmalari zararli gazlar, bug’lar va changlarni shunday hisoblab yo’qotishni ta’minlashi lozimki, bunda ombor xonalarining havosida ularning miqdori Ruxsat etilgan miqdordan (REM) oshmasligi lozim.
Ishlar yakunida omborning barcha xonalarida elektr jihozini tokdan uzish lozim. Tokdan uzish uchun xizmat qiladigan rubilnikni ombor xonasidan tashqarida, shkafda yoki eshigi yopiladigan tokchada joylashtirilish lozim.
KTZM ni saqlash uchun xonada belgilangan me’yorga muvofiq va yong’indan saqlash xizmati bilan kelishilgan yong’in o’chirish vositalari bo’lishi lozim.
Kuchli ta’sir etadigan zaharli moddalarda chiqqan yong’inni o’chirish uchun, ular bilan reaksiyaga kiradigan va parchalaydigan suvni ishlatish mumkin emas.
Omborlarda zaharli moddalar to’kilgan holatlarida ishlatiladigan neytrallashtiruvchi moddalar bo’lishi lozim.
Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar ombori. Yoqilg’i quyilgan sig’imlar orasidagi yong’inga qarshi uzilish masofalari, shuningdek, rezervuar parkidan ishlab chiqarish bino va inshootgacha to’sib qo’yilmasligi lozim.
Oson alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklarning ochiq omborxonalarini ishlab chiqarish sexlari va binolari belgilariga nisbatan past bo’lgan maydonlarda joylashtirish lozim. Maydonlarda avariya sodir bo’lganda suyuqliklar oqib ketmasligi uchun to’siqlar bo’lishi lozim.
Oson alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar ombori hududida quyidagilar taqiqlanadi:
maxsus yong’in o’chirish va uchqun o’chirgichlar bilan jihozlanmagan avtomobil, traktor va boshqa mexanizatsiyalashgan transportlarning kirishi;
chekish, shuningdek, yoritish va qotgan yoki muzlagan neft mahsulotlarini, qulflash armaturasini, quvurlarni va x.k. isitish maqsadida ochiq olovdan foydalanish, Ularni faqat bug’, issiq suv yoki qizdirilgan qum bilan isitish mumkin.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin