I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min
Shaylash punktlari va suyuq yoqilg’i omborxonalarida quyidagilar taqiqlanadi: chekish, gulxanlar yoqish, kerosinli, svechali mash’alalardan foydalanish, karbid yoritgichlar va boshqa ochiq olov manbalaridan foydalanish. Chekish yong’indan saqlash xizmati bilan kelishgan holda, faqat maxsus ajratilgan joylarda ruxsat etiladi; quvurlar yoki rezervuarlar ta’mirlanganda elektr gaz payvandlash jihozini (shu jumladan ballonlarni) olov bilan ishlar olib borilayotgan joylardan 50m yaqinda o’rnatish, hamda neft mahsulotlarini o’tkazish bo’yicha ishlayotgan nasos stansiyalaridan, neft mahsulotlari quyilgan rezervuarlardan, kanalizatsiya quduq va novlaridan, gidravlik moslamalar va neft mahsulotlarining sirqib chiqish joylaridan 50 m masofada olovli ishlarni amalga oshirish; nosoz saqlovchi apparaturasi va oqimi mavjud bo’lgan shaylash (ekipirovka) jihozidan foydalanish; chaqmoq vaqtida lokomotivlarga yoqilg’i quyish va neft mahsulotlarini to’kish; yoqilg’i quyish baklari sisternalarining qopqoqlarini ochish va yopishda metall predmetlar bilan urish va qistirmalari nosoz yoki umuman bo’lmagan qopqoqlarni qo’yish; nasos agregatlarini ular ishlayotgan vaqtda ta’mirlash; tozalash uchun ishlatiladigan materiallarni yog’ va yoqilg’i bilan birga saqlash; Omborxona va qo’riqlash xizmati ko’rsatuvchi xodimlar tarkibiga kirmaydigan begona shaxslarga ombor hududiga o’tishni cheklash, ular hududga faqat kuzatuv ostida kiritilishi mumkin. Idishdagi neft mahsulotlari saklanadigan joyda bochkalarning joylashishi sekin, tiqinlari yuqoriga qaragan holda joylashtirilishi lozim. Bochkalar bir biriga urilishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Omborlarda (saqlash joylarida) bevosita neft mahsulotlarini quyishni amalga oshirish, tara va tiqinlaydigan materiallarni saqlash taqiqlanadi. Oson alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklari bo’lgan bochkalar qo’l bilan joylashtirganda 2 qatordan, mexanizm bilan joylashtirganda oson alangalanuvchi suyuqliklar 3 qatordan, yonuvchi suyuqliklar esa 5 qatordan ko’p bo’lmagan holda joylashtirilishi lozim. Taxlamlar eni 2 bochkadan ko’p bo’lmasligi lozim. Asosiy o’tish joylari eni bochkalarni transportda tashish uchun 1,8 m dan, taxlamlar orasidagi eni esa 1 m dan kam bo’lmasligi lozim.