yong’inga qarshi targ’ibotlarni (yong’inga qarshi holatlarni jamoatchilik ko’riklari, KYoO’D a’zolarining musobaqalari, tanlovlar) o’tkazish;
ishlab chiqarishning yong’in xavfsizligini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni joriy etish ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek ob’yektni yong’inga qarshi avtomatik himoya vositalari bilan jihozlash;
ob’yektda yong’in xavfsizligi bo’yicha ishlab chiqilgan yo’riqnomalarning buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslarni javobgarlikka tortish;
qarmog’idagi ob’yektlarda har bir sodir bo’lgan yong’inlar haqida yuqori turuvchi tashkilotga xabar berish, yong’inlarning sabablarini tekshirish uchun, ob’yektning rahbarlar tarkibidan iborat komissiya tayinlash uchun tegishli buyruq va farmoyishlar chiqarish hamda yong’inga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Korxonalarning alohida sexlarining yong’in xavfsizligiga mas’ul shaxslar etib ularning rahbarlari (boshliqlari, mudirlari) hisoblanadi. Ular o’z navbatida sexlardagi yong’in xavfsizligi uchun, o’z qarmog’idagi ish uchastkalaridagi yong’in xavfsizligi me’yor va qoidalarining buzilishiga va bu qoidabuzarliklarning barcha oqibatlariga shaxsan javob beradilar. Ko’rsatib o’tilgan yong’in xavfsizligiga javobgar shaxslarning tayinlanishi korxona rahbarining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Mansabdor shaxslarning yong’in xavfsizligini ta’minlashdagi javobgarligi: Uchastkalar, sexlar, kabel xo’jaliklari, laboratoriyalar, ustaxonalar, omborlar va boshqa binolarda yong’in xavfsizligi choralari bo’yicha yo’riqnomalar ushbu bo’linmalarning rahbariyati tomonidan yong’in xavfsizligi bo’yicha muhandislari yoki inspektorlar bilan birgalikda ishlab chiqiladi, yong’in xavfsizligi xizmati (mazkur korxonada mavjud bo’lgan taqdirda) bilan kelishiladi va bosh muhandis tomonidan tasdiqlanadi. Yong’in yuz berganda ob’yekt, sexlarning rahbariyatining, qo’riqlash xizmati ishchilarining (KYoO’D a’zolarining) harakatlari birinchi navbatda odamlarning xavfsizligi va evakuatsiyasini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak. “Ichki ishlar organlari yong’in xavfsizligi bo’linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi П^-2992-son Qarori.