o’quv markazlarida, shuningdek texnik o’quvlarda, seminarlarda va yong’inga qarshi himoya bo’yicha maqsadli kengashlarda (konferensiyalarda) bilimlarini (malakalarini) oshirish;
yong’in xavfsizligi qoidalarini o’rganish va bilimlarni tekshirish.
Yong’in-texnik minimumi bo’yicha tayyorgarliklar tugaganidan keyin xodimlar-tegishli hujjatlar (bayonnoma, qaydnoma) bilan rasmiylashtiriladigan sinovlarni topshiradilar. Ishga yangi qabul qilinayotgan barcha MTX, ishchi va xizmatchilar korxonada o’rnatilgan yong’inga qarshi tartibga rioya etish bo’yicha yo’riqnoma olgan bo’lishlari zarur. Ishga yangi qabul qilinayotganlarga yo’riqnoma ishga rasmiylashtirish bilan bir vaqtda o’tkaziladi. Yong’inga qarshi yo’riqnomalar, mashg’ulotlarni o’tkazish tartibi, muddatlari va joylari korxona rahbarining buyrug’i bilan belgilanadi. Korxona rahbari buyrug’i bilan quyidagilar belgilanishi kerak:
yong’inga qarshi yo’riqnomalar va yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tish hamda olingan bilimlarni tekshirish tartibi va muddatlari;
yangidan ishga qabul qilinganlar bilan yong’inga qarshi yo’riqnomalarni o’tish tartibi;
ishchi va xizmatchilari yong’in-texnik minimumi dasturi bo’yicha o’qishdan o’tishi kerak bo’lgan kasblar va sexlarning ro’yxati;
yong’inga qarshi yo’riqnomalar va yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish hamda olingan bilimlarni tekshirish yuklatilgan mansabdor shaxslarning ro’yxati;
yong’inga qarshi yo’riqnomalarni va yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish joyi;