I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Sinovdan o’ta olmagan shaxslarga ishga ruxsat etilishi mumkin emas



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə137/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Sinovdan o’ta olmagan shaxslarga ishga ruxsat etilishi mumkin emas.
Yong’in-texnik minimumi bo’yicha sinovlar qabul qiluvchi komissiya tarkibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Sinovlar qabul qilish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Yong’inga qarshi yo’riqnoma va yong’in-texnik minimumi.
Yong’inga qarshi yo’riqnomani tashkil qilish - ishchi xodimlarga yong’inga qarshi yo’riqnoma o’ziga xosligi va o’tkazish vaqti bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: kirish; ish joyida boshlang’ich; takroriy; rejadan tashqari; joriy.
Har bir turdagi yo’riqnomani o’tkazish vaqti korxonaning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi rahbari tomonidan belgilanadi.
Kirish yo’riqnomasi, ma’lumoti va kasbiy stajidan qat’iy nazar, korxonaga (tashkilotga) ishga qabul qilinadigan barcha bilan, shuningdek, xizmat safariga yuborilganlar, ishlab chiqarish ta’limiga yoki amaliyotga kelgan o’quvchilar va talabalar bilan o’tkaziladi.
Yo’riqnoma o’tishga yo’llanmani korxonaning (tashkilotning) xodimlar bo’limi beradi. Berilgan yo’llanmaga yo’riqnomadan keyin, yo’riqnoma o’tkazgan shaxs tomonidan belgi qo’yiladi. Yo’riqnoma o’tmaganlarni sexlarga, bo’limlarga, muassasaning boshqa xizmatlariga ishga yo’llash taqiqlanadi.
Qoidaga asosan, kirish yo’riqnomasi barcha yangidan ishga kiradiganlarga, kombinat hududida, sexlarida va ish joylarida, korxonalarida yong’inga qarshi rejimni tashkil qilish bo’yicha ko’rgazmali qurollar (plakatlar, sxemalar, maketlar va h.k.), shuningdek, korxonada mavjud bo’lgan, barcha turdagi birlamchi yong’in o’chirish vositalari, yong’in o’chirish asbob-uskunalari va yong’in aloqa vositalari va signalizatsiyasi namunalari bilan jihozlangan maxsus xonalarda o’tkaziladi.
Kirish yo’riqnomasini yong’inga qarshi xavfsizlik bo’yicha mutaxassis - muhandis-inspektor, u bo’lmaganida esa - korxona bo’yicha buyruq bilan tayinlangan mutaxassis, yoki yangi ishlovchini ishga qabul qilayotgan tuzilmaviy bo’linmaning boshlig’i o’tkazadi. Yong’in xavfsizligi bo’yicha kirish yo’riqnomasini mehnatni muhofaza qilish bo’yicha kirish yo’riqnomasi bilan bir vaqtda o’tkazishga ruxsat beriladi.
Yong’in xavfsizligi bo’yicha kirish yo’riqnomasi, shu maqsad uchun maxsus jihozlangan xonada o’tkaziladi va o’zining maqsadi yangidan ishga kirgan xodimni, quyidagilar bilan tanishtirish hisoblanadi:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin