korxonaning hududida, sexlarida va boshqa ob’yektlarida bajarilishi kerak bo’lgan yong’in xavfsizligining umumiy qoidalari bilan;
qayerga ishlashga yo’naltirilayotganligidan kelib chiqib, o’sha yerdagi ishlab chiqarish uchastkasidagi yoki xizmatidagi yong’in xavfsizligining o’ziga xos xususiyatlari bilan;
birlamchi yong’in o’chirish vositalarini qo’llashning asosiy qoidalari va ulardan foydalanishda xavfsizlik choralari bilan;
yong’in to’g’risida xabar berishning mavjud bo’lgan vositalari va yong’in o’chiruvchilarni yordamga chaqirish tartibi bilan;
yong’inni o’chirishning o’ziga xos xususiyatlari bilan.
Kirish yo’riqnomasini o’tkazilganligi va bilimi tekshirilganligi haqida, yo’riqnoma berganning va yo’riqnoma olganning, albatta, imzolari bilan, quyidagi namunadagi yong’inga qarshi yo’riqnoma daftarida qayd qilinadi. Yong’in xavfsizligining kirish yo’riqnomasini hisobga olish
DAFTARI
Yo’riqnoma o’tgan sana
Yo’riqnoma oluvchining F. I. SH.
Yo’riqnoma oluvchining lavozimi
Yo’riqnoma oluvchi qaysi ishlab chiqarish bo’linmasiga yo’naltiriladi