Ф5 sinfga mansub A va Б toifadagi binolarda tabiiy yorug’lik va doimiy havo bosimli Н2 va Н3 zina kataklarini nazarda to’tush kerak; Ф5 sinfga mansub, В toifadagi binolarda Н2 yoki Н3 yong’in chog’ida havo bosimi zina kataklarini nazarda to’tushga; Ф5 sinfga mansub Г va Д toifadagi binolarda Н2 yoki Н3 yong’in chog’ida havo bosimli zina kataklari, hamda Л1 turdagi zina kataklarini, ularni balandligi bo’yicha har 20 metrda yong’inga qarshi tuynuksiz pardevorlar bilan bo’lingan, va zina katagining bir qismidan boshqasiga, zina katagi xajmidagi tashqarida o’tish joyi bilan nazarda tutish kerak. Tutun qoplamaydigan zina katakli binolarda umumiy yo’laklarni, vestibyullarni hollar va foyelarni tutunga qarshi himoyasini nazarda to’tush lozim. va II darajali yong’inbardosh CO sinfga mansub binolarda, vestibyuldan ikkinchi qavatgacha 6.30 talablarini hisobga olgan holda, ikkinchi turdagi zinalar nazarda to’tushga yo’l qo’yiladi.
Balandligi 28m dan ortiq bo’lmagan, qurilmaviy yong’in xavfliligi Ф1.2, Ф2, Ф3, Ф4 sinflarga mansub, I va II yong’inbardoshlilik toifasiga va CO qurilmaviy yong’in xavfliligi sinfga mansub me’yorlar bilan talab etiladigan evakuatsiya zina kataklari mavjud, va 6.31-bandi talablariga rioya etilgan binolarda 2 dan ortiq qavatni birlashtiruvchi, 2 turga mansub zinalar qo’llanishga yo’l qo’yiladi. Eskalatorni 2-turdagi zinalar uchun o’rnatilgan talablarga muvofiq nazarda to’tush lozim. Evakuatsiya chiqish yo’llari.ШНК; 2.01.02-04 talablariga muvofiq chiqish yo’llari evakuatsiya yo’li bo’lib hisoblanadi, agar ular olib chiqsa: a)1 qavat xonasidan tashqariga bevosita; yo’lak orqali; vestibyul orqali (foye); zina katagi orqali; yo’lak va vestibyul (foye) orqali; yo’lak va zina katagi orqali. b)birinchidan tashqari, istalgan qavatdagi xonasidan: bevosita zina katagiga yoki 3turdagi zinaga; bevosita zina katagiga yoki 3-turdagi zinaga olib chikuvchi yo’lakka; bevosita zina katagiga yoki 3-turdagi zinaga chiqishi bo’lgan xol (foye)ga. v) a) va b) da ko’rsatilgan chiqish yo’li bilan ta’minlangan, shu qavatdagi qo’shni xonaga (A va Б toifadagi Ф5 sinfiga mansub xonadan tashqari ) A va Б toifadagi xonaga chiqish, evakuatsiya xisoblanishiga yo’l qo’yiladi, agar u yuqorida eslatilgan A va Б toifadagi xonalarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan, doimiy ishchi o’rinlarisiz texnik xonadan olib chiqsa.