I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


boshqarish qismlarini to’g’ri tanlash va joylashtirish



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə15/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

boshqarish qismlarini to’g’ri tanlash va joylashtirish;

  • boshqarishni markazlashtirish.

    Ma’lumotlarni aks ettiruvchi vositalar (MAEV).
    Ma’lumotlarni aks ettiruvchi vositalar (MAEV) ishlab chiqarish jarayonining, hamda alohida jism va mexanizmlar ish rejimining borishi haqida ma’lumotlar qabul qilib turish uchun xizmat qiladi. Bu vositalardan inson agar texnologik jarayonni bevosita o’zi kuzata olmaganda yoki uning sonli va sifatli xolatini mustaqil baxolay olmaganda foydalanadi.
    Operatorning sezgi a’zolariga ta’sir qilishga qarab MAEV quyidagi: vizual, akustik va taktik turlarga bo’linadi.
    MAEVlarga quyidagilar: yozuvli yoki simvolli tahtani yorituvchi cho’g’lanuvchi lampalar, strelkali-shkalali o’lchov asboblari, har xil ko’rsatkichlar, hisoblagichlar, ovozli ohanglar, sirenalar, ekranlar, shemalar va xokazolar kiradi.
    Ular o’z prinsipiga ko’ra quyidagi ”ha- yoq” degan ma’lumotni berishi mumkin (ya’ni mashina ishlayapti yoki yo’q; birorta o’lcham me’yorida yoki yo’q), ba’zan o’lchamning sonli o’zgarishini ko’rsatadi.
    Tovush signallari avariya (800-5000Gs chastota, tovush bosimi darajasi 90-100 dB oraliqlarda), ogohlantiruvchi (200-80 Gs, 80-90 dB) va xabar beruvchi (200-400 Gs, 30-80 dB) signallarni berish uchun ishlatiladi.
    Ogohlantiruvchi va avariya signallari uziluvchan qilib amalga oshiriladi va alohida signallarning eshitilish uzunligiga teng va ular oralig’idagi interval kamida 0,2 sekundgacha bo’ladi. Signal tovushini bosimining darajasi ishlab chiqarish jarayoni shovqin darajasidan kamida 10-16 dB ga baland bo’lishi lozim. Traktorlarda tovush signalining darajasi traktor shovqinidan kamida 6 dB ga kabinasida va traktordan 1 metr masofada 8 dB ga baland bo’lishi kerak.
    Ergonomika boshqaruv turadigan post (joy)ini ratsional tashkil qilishning umumiy prinsiplarini, ularda asosiy va qo’shimcha jixozlarning joylashishini belgilaydi. Bu masaladar turkumiga boshqarish joyining tashqi (masalan, alohida qism va devorlarning bo’yalishi) psixologik, fizologik - gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan xolda bezatilishi kiradi.
    Avtomatlashgan boshqarish tizimlarida operator ish joyining asosiy elementiga panel kiradi. U shunday joylashishi kerakki, undagi asboblarning yuza tekisligi operatorni qarash chizig’iga perpendikulyar bo’lishi kerak. Boshqarish pultidagi boshqarish qismlari qulay va qo’l yetadigan bo’lishi lozim.
    Pultning umumiy balandligi pol sathidan ko’pi bilan 120 sm balandlikda bo’lishi kerak. Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o’lchamdagi tekislik ajratiladi. Oyoqlarning erkin joylashishi va harakatlanishiga balandligi - 63 sm, kengligi 50 sm va chuqurligi 45 sm bo’lgan bo’shliq ko’zda tutiladi. Pultda harakatning eng qulay zonasi 70 sm bilan chegaralanadi.
    Boshqaruv qism (organ)lari boshqarilayotgan ta’sirni insondan mashinaga uzatish: uni harakatga keltirish, ishchi qismlarni to’xtatish, talab qilingan ish rejimini belgilash, ma’lumotlarni kiritish yoki olish va xokazo vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Boshqarish qismlari yurituvchi element va ijro qiluvchi qismlardan iborat, shundan yurituvchi elementlarga eng qattiq ergonomik talablar qo’yiladi. Boshqarish qismlarining konstruksiyasi insonning harakatlanuvchi apparatiga mos bo’lgan ruxsat qilingan me’yoriy yuklanishteva uning antropometrik tavsiflariga binoan boshqarishni amalga oshirishda zarur aniqlik va harakat tezligini tez aniqlashni ta’minlashi lozim. Boshqarish qismlari qoxl va oyoq orqali bajariladigan qilib ishlanadi. Qo’l bilan boshqarish ancha aniq bolib, oyoq orqali boshqarishga nisbatan ustun turadi.
    Boshqarish qismlari ko’p bo’lganda yoki ularni katta kuch bilari ishlatganda, qo’llarni ozod qilish uchun oyoq yuritmalari qollaniladi. Boshqarishni qismlarining yurituvchi elementlari shakli va o’lchamlari qo’l bilan ushlaganda, ishonchli va toymaydigan bolishi, ularning materiallari zaharsiz hamda zarur xolatlarda issiqlik, elektr o’tkazmaydigan bo’lishi kerak.
    Qo’l bilan boshqarish qismlari shunday joylashish kerakki, bunda operator qo’llari 90-135° burchakka bukilgan xolda ularni bemalol siljita olsin. Boshqarish pedallari operator gavdasining ko’ndalang o’qiga yaqin joylashtiriladi (100 mm dan katta bo’lmagan qiyalikda). Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200-400 mm bo’lishi hamda toymaydigan qilib yasalgan bo’lishi kerak.

    Yüklə 26,51 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   404




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin