I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


- tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o’tkazish, yong’in chiqishi va portlashlarga sabab bo’luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə162/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

- tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o’tkazish, yong’in chiqishi va portlashlarga sabab bo’luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish;
- qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni so’zsiz bajarish;
- muntazam tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo’l qo’ymaslik;
- Yong’inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa yong’inni o’chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv etarli bo’lishini, uchinchi daqiqada esa bir tsisterna suv ham etmay qolishi mumkinligini yodda saqlash;
- muntazam ravishda axolini yong’inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham, talab qilishga o’rgatish.
Yong’in xavfi yuqori bo’lgan joylar - yonuvchi va portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, binolar hisoblanadi.Bunday omborlar va binolar xozirgi kunda O’zbekiston xududida 500 dan ziyoddir.
Yonish va portlash xususiyatiga qarab ular xavflilik jihatiday 6 guruhga bo’linadi: A, B, V, G, D, E.
A-guruhi - neft ishlab chiqaruvchi zavodlar, kimyoviy korxonalar, neft o’tkazuvchi quvurlar, neft omborxonalari.
B-guruhi - ko’mir kukuni, yog’och qipig’ini tayyorlovchi, un va uni qayta ishlovchi kombinatlar.
V-guruhi - yog’och, paxta va ularni qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar, qog’oz korxonasi.
G-guruhi - metallarga issiqlik ta’sirida ishlov beradigan tsexlar, bug’xona, payvandlash uchastkalari va boshqalar.
D-guruhi - meva, sabzavot, sut, baliq, go’sht qayta ishlab chiqaradigan inshoatlar va meva saqlaydigan omborlar.
E-guruhi - suv va kislorodni o’zaro ta’siri natijasida portlash sodir bo’luvchi moddalar ishlatiladigan xonalar, hamda portlash xususiyatiga ega bo’lgan changlar qo’llanadigan ishlab chiqarish tarmoqlari.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin