I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə196/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Arteriyalardan qon ketishi hammadan xatarlidir, bunda qisqa muddat ichida organizmdan talaygina miqdorda qon ketib qolishi mumkin. Arteriyalardan qon ketishining alomatlari chiqayotgan qonning qirmizi qizil rangda bo’lishi, uning otilib-otilib chiqib turishidir.
Venalardan qon ketishi arteriyalardan qon ketishidan farq qilib, birmuncha to’qroq rangda bo’ladigan qonning uzluksiz ravishda oqib chiqib turishi bilan harakterlanadi, bunda qon otilib chiqmaydi (venoz qon ketishi).
Kapillyarlardan qon ketishi teri, teri osti kletchatkasi va muskullardagi mayda-mayda tomirlar zararlanganida sodir bo’ladi. Kapillarlardan qon ketayotgan mahalda jarohatning butun yuzasi qonab turadi.
Tashqariga arteriyadan oqib chiqayotgan qonni vaqtincha to’xtatish yo’li (qon ketishining bu xili hayot uchun hammadan ko’ra xatarliroqdir) jgut yoki burama qo’yish orqali, qo’l yoki oyoqni imkoni boricha qattiqroq bukilgan xolatda bog’lab qo’yish, arteriyani shikastlangan joyidan yuqori tomonini barmoqlar bilan bosib turishdir. Bunda arteriyaning suyaklarga yaqinroq joyiga bosib turiladigan puls nuqtalarini bilish kerak (15-rasm).
Uyqu va chakka arteriyasi jarohatlanganida esa barmoqlar jarohatning pastidan bosiladi. Arteriyalarni barmoq bilan bosib turish qon oqishini vaqtincha to’xtashning eng oson va tezkor usulidir. Bunda arteriyalar suyak yonidan yoki uning ustidan o’tadigan joylar barmoq bilan bosib turiladi (16-rasm). Tomirni barmoq bilan bosib, qon to’xtatib turilganidan keyin, mumkin bo’lgan joylarga jgut yoki buramaqo’yish va jarohatni steril bog’lama bilan bog’lab qo’yish kerak. Qo’l-oyoqlarning yirik arterial tomirlari shikastlangan paytlarda jgut (burama) qo’yish qonni vaqtincha to’xtatib turishning asosiy usulidir. Jgutni son, boldir. Yelka bilaklardan, jarohatga yaqinroq qilib, qon oqayotgan joydan yuqoriroqqa, terini qisib qo’ymaslik uchun kiyim ustidan yoki tagiga yumshoq material (bint, ro’molcha va b.) qo’yib turib qo’yiladi (17,18-rasmlar). Uni odatda oqayotgan qon to’xtaydigan darajada tortib turib qo’yish maqsadga muvofiq. Jgut qo’yilgan vaqt, kuni, soati va daqiqasini qog’ozga yozib, uni yaxshi ko’rinib turadigan qilib jgut oo’rami tagiga qistirib qo’yiladi.
Qo’yilgan jgut qo’l yoki oyoqda ko’pi bilan 1,5-2 soat saqlab turishi kerak, aks xolda qo’l yoki oyoqning jgut qo’yilgan joydan pastki qismidagi to’qimalar halok bo’lishi mumkin. Jgut qo’yilgan paytdan hisoblaganda 2 soat o’tgandan keyin arteriyani barmoq bilan bosib turib, pulsni tekshirib turgan xolda jgutni 5-10 daqiqaga asta-sekin bo’shatish va keyin uni oldingi joyidan sal yuqoriroqqa yana qo’yib bog’lash kerak.
Jgut bo’lmagan taqdirda arteriyadan qon oqishini burama qo’yish yo’li bilan yoki qo’l-oyoqni mumkin qadar ko’proq bukib, shu xolatda mahkam qilib bog’lab qo’yish yo’li bilan to’xtatsa bo’ladi (19-rasm).
Shikastlangan odamga jarrohlik yordami ko’rsatilmaguncha jgutni har soat oralatib shu tariqa vaqtincha bo’shatib, olib turiladi, buni har safar yuqoridagi qog’ozga yozib boriladi. Jgut naysimon bo’lib, uchida zanjirchasi va ilmoqchasi bo’lmasa, uning uchlari tugun qilib bog’lab qo’yiladi.



Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin