I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Immobilizatsiyadan asosiy maqsad -



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə199/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Immobilizatsiyadan asosiy maqsad - singan joydagi suyaklarni qimirlamaydigan qilib qo’yishdir. Bunda og’riq kamayadi, natijada travmatik shokning oldini olish oson bo’ladi. Suyak singanida o’sha joy yaqinidagi ikkita bo’g’imni (singan joyning yuqorisi va pastidagi bo’g’imni) maxsus shinalar yoki qo’lda bor vositalar yordamida taxtakachlab qo’yish yo’li bilan singan joyning qimirlamay turishi ta’minlanadi. Shu tariqa taxtakachlab qilingan immobilizatsiya transport immobilizatsiyasi deb ataladi. Immobilizatsiyadan ko’zlangan maqsad - singan joydagi suyaklarni o’rnidan siljitmaslik. qimirlamaydigan qilishdir. Bunday xolatda og’riqlar kamayadi. travmatik shokning oidi olinadi. Transport shinalarining asosiy turlari:shotisimon va to’rsimon qilib ishlangan metall shinalar, faneradan ishlangan shinalar bo’lshi mumkin. Oyoqqa qo’yish uchun mo’ljaliangan maxsus transport shinasi (Deterixis shinasi) esa yog’ochdan ishlangan bo’lib, tovonga taqalib turadigan fanera va burama tayoqchadan iborat. Immobilizatsiya qilish uchun fanera bo’laklari, tayoqlar, yupqa taxtalar, har xil ro’zg’or buyumalari va singan joyni qimirlamaydigan qilib qo’yishga ishlatsa bo’ladigan boshqa narsalardan foydalanish mumkin.
Kalla suyaklari singan paytda aksariyat xollarda bosh miya ham zararlanadi. Shikastlangan odam hushsiz xolatda bo’lishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda juda ehtiyot bo’lish talab etiladi. Shikastlangan odamni ko’zdan kechirib, tekshirib chiqilgandan keyin qornini pastga qilib zambilga yotqiziladi, boshining tagiga(yuziga) o’rtasi chuqurroq tushiriigan yumshoq to’shama (yostiqcha) qo’yib qo’yiladi yoki paxta - dokadan ishlangan chambarakdan foydalaniladi (28-rasm).
Shikastlangan ustki va pastki jag’lar sopqonsimon bog’lam bilan mahkam bog’lanadi, odamning tili tomog’iga tiqilib, havo yo’lini berkitib qo’ymasligi uchun boshini von tomonga burib qo’yiladi. Qol va oyoq suyaklarining sinishi boshqa suyaklarning sinishidan ko’ra ko’proq uchrab turadi. Bilak, qo’l panjasi va barmoqlarga fanera, karton yoki shotisimon shina qo’yiladi. Qo’lni kosinkaga solib osib qo’yiladi. Bilak suyaklari singanida qo’lni tirsak bo’g’imidan to’g’ri burchak ostida asta-sekin bukib, kaftini ko’krak tomonga burish va shu xolda shina yoki qo’lda bor vositalar yordamida qimirlamaydigan qilib bog’lab qo’yish kerak. Shina barmoqlarning asosidan to yelkaning yuqori uchdan bir qismigacha yetkazib qo’yiladi. Ana shunda qo’l bilak - kaft usti va tirsak bo’g’imlari harakatlanmaydigan xolatga keladi, keyin esa qo’lni durrachaga (kosinkaga) solib osib qo’yiladi (29-rasm).

Chanoq suyaklari singanida shikastlangan odam hamisha og’ir xolatda bo’ladi. Uni qattiq narsa (fanera, taxta, eshik) ustiga chalqancha yotqiziladi va tizzalarining tagiga oyoqlari tizza bo’g’imlaridan yarim bukilgan va ikki yon tomonga sal kerilib turadigan qilib, palto yoki choyshabni dumaloqlab qo’yib qo’yiladi (28 a. b-rasmlar).
Shikastlangan odamning bir nechta suyaklari singan bo’lsa, u vaqtda birinchi tibbiy yordam quyidagi tartibda ko’rsatiladi: qon oqishi to’xtatiladi, jarohatga steril bog’lamlar qo’yib bog’lanadi, og’riqni qoldiradigan dori, yelka suyakka yuboriladi va oldin hayotga hammadan ko’ra singanda immobilizatsiya xavfli bo’lgan siniqlar, keyin esa qolgan siniqlar immobilizatsiya qilinadi va bemorni tibbiyot muassasasiga olib borish choralari ko’riladi.


Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin