EZILISH SINDROMI.
Oyoq - qullar tananing boshqa qismlari yumshoq tuqimalarninig zilzila vaqtida, bosib qolishda va boshqalarda uzoq muddatgacha turli narsalar (daraxt, toshlar, beton plitalar, uta og’ir buyumlar va xokazo) ostida bosilishi oqibatida yuz beradigan ma’lum simptomlar kompleksi - ezilish sindromi deyiladi. yoki shikastlanish toksikozi deyiladi. Bunda muskullar teri osti yog’ kletchatkasi tomirlar va nervlar suyaklar majaklanadi va sinadi.
Uzoq vaqt ezilish natijasida muskullar va boshqa tuqimalar qonga yolchimay qoladi natijada bu tuqimalarda nekroz boshlanib tuqimalar wla boshlaydi va uzidan zaharli moddalar ajratadi. Swng twqimalarda yig’ilgan toksinli moddlar, shuningdek og’riq impulslari oqimi organizmga tushadi va shokni eslatuvchi klinik manzarani keltirib chiqaradi.
Ezilish sindromining belgilari:
Bemorning umumiy ahvoli dastlab ancha yahshi bo’ladi u umuman bexolligidan ezilgan joyi og’rishidan shikoyat qilmaydi. Oradan 6-8 soat wtgach shikastlangan oyoq - qo’lda shish paydo bo’ladi. Bu soxaning terisi avalgiga qaraganda oqaradi, so’ngra qizg’ish- ko’kimtir tusga kiradi. Terida ichi suyuqlikka to’la pufakchalar paydo bo’ladi , oyoq - qo’lini qimirlatib bolmay qoladi. Bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi. Tana harorati 39 / 40 ga ko’tariladi. Boshi qattiq og’riydi, qon bosimi avvaliga ko’tarilib keyin tushadi pulsi tezlashadi, buyrak ishi buziladi, oldin siydik ajralishi kamayadi so’ngra siydik umuman ajralmay qoladi va bu xolat – anuriya xolatiga olib keladi.
LAT YEYISH.
Lat yeyish - daganda zarb ta’sirida yumshoq to’qimalarning anatomik o’zgarishsiz shikastlanishi tushuniladi. Bir joyninig og’rishi, to’qimalarninig shishuvi, teri sezuvchanligininig uzgarishi, qon quyilishi (gematoma) kuzatiladi. Shikastlangan organ funktsiyalari buzilishi mumkin. Gematoma (qon quyilgan joy) rangi pigmentninig asta - sekin parchalanishi munosabati bilan tuk qizil, ko’kimtir, yashildan to sariq ranggacha o’zgaradi.
DAVOLASH - gavdaning shikastlangan qismiga orom beriladi, unga balandroq vaziyat yaratiladi, bosib turadigan bo’g’lam bo’g’lanadi, lat yegan joyga sovuq yoki muz solingan xaltachada quyiladi. gematoma katta bo’lsa, ba’zan qon surib olinadi yoki qon oqishi to’xtatiladi. Lat yeyishdan 2 - 3 kun o’tgach gematomaning yahshiroq surilishi uchun issiq muolajalar (grelka, isituvchi kompress) qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |