Shikastlanganlarni еrga ko’mish man etiladi, bu nafas olishni qiyinlashtiradi, qon aylanishi buziladi va yordam ko’rsatish qiyinlashadi. Chaqmoq ta’siridan shikastlanish xam elеktr tokidan shikastlanishni eslatadi va birinchi yordam xam o’hshash bo’ladi. Chaqmoq ta’sirida shikastlanishning oldini olish uchun jala va chaqmoq paytida tеlеvizor, radioni o’chirish, tеlеfonda gaplashishni to’htatish, dеrazalarni bеrkitish lozim.
24-MAVZU:
TABIIY VA IS GAZLARI BILAN BOG’LIQ SODIR BO’LISHI MUMKIN BO’LGAN ZAHARLANISH XOLATLARINI OLDINI OLISH VA JAROHATLANGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH.
Reja: 1.Tabiiy va is gazlari bilan bоg`liq bo`lgan zaharlanish hоlatlari haqida umumiy ma’lumotlar. 2. Nosoz, nostandart, qo’lbola yasalgan isitish va gaz moslamalari. 3. Tabiiy va is gazlari bilan bоg`liq bo`lgan zaharlanish hоlatlari yuzaga kelganda yordam berish.
Tabiiy va is gazlari bilan bоg`liq bo`lgan zaharlanish hоlatlari haqida umumiy ma’lumotlar. Ma’lumki, qish mavsumida ob-havoning sovushi natijasida axoli o’rtasida yalpi isitish moslamalaridan foydalanish boshlanadi. Turli xildagi yonilg’i mahsulotlarini ishlatish vaqtida xavfsizlik va texnika qoidalariga rioya qilmaslik natijasida, yoqilg’ilarning chala yonishi oqibatida is tegishi – is gazidan zaharlanish kabi inson hayoti va salomatligi uchun xavf tug’diruvchi xolatlar yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa xozirgi kunda bozor va tijorat do’konlarida sifat sertifikatlari mavjud bo’lmagan ravishda sotilayotgan qo’lbola yasalgan nostandart gaz, elektr uskunalarini axolimiz tomonidan o’zlari tushunmagan xolda narxi arzon bo’lganligi sababli kundalik turmush tarzida foydalanish maqsadida sotib olmoqdalar. Kundalik turmush tarzida isitish moslamalaridan noto’g’ri foydalanishda, isitish moslmasidagi yonilg’i to’la yonib bo’lmasidan mo’ri qopqog’i berkitib qo’yilganda, mo’ri yaxshi tutun tortmaganda, engil avtomobillarda motorni ishlatib qo’yib eshik derazalarni yopib uxlaganda is tegishi mumkin.