I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Ishlab chiqarish binolarida is tegishining oldini olish uchun ish hududidagi is gazining konsentratsiyasi 20 mg/m



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə215/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Ishlab chiqarish binolarida is tegishining oldini olish uchun ish hududidagi is gazining konsentratsiyasi 20 mg/m3 dan oshmasligi lozim.
Is tegishi xususiyati – is gazining havodagi konsentratsiyasiga, uning odamga qanchalik uzoq ta’sir etishi va is tekkan kishining individual ta’sirchanligiga bog’liq.
Is gazi (CO)-rangsiz zaharli bo’g’uvchan gaz. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan gazda ko’p miqdordais gazi bo’ladi. Is gazining nafas yo’llari orqali organizmga kirib, qizil qon tanachalaridagi gemoglabin bilan birikishidan karboksigemoglabinning faoliyati buziladi.
Bu modda kislorodni biriktira olmaydi, natijada odam to’qima va hujayralarida, birinchi galda nerv hujayralarida kislorod yetishmovchiligi kelib chiqadi. Natijada to’qima va hujayralarning nafas olishi va organizm barcha organlarining faoliyati buziladi.
Engil is tekkanda bosh og’riydi, ko’z tinadi, ko’ngil ayniydi, quloq shang’illaydi, yuraksezilarsiz uradi, bosh aylanadi, darmonsizlanish kuzatiladi.
Kuchli is tekkanda uyqu bosadi, ko’z qorachig’i kengayadi, nafas olish yuzaki bo’ladi, tomir tez uradi va odam xushidan ketib, tibbiy yordamga muxtoj, (ochiq xavoga) xavfsiz xududga olib chiqilmasa xalok bo’ladi.
Vrach yoki tez yordam mashinasi etib kelgunicha is tekkan kishini iloji boricha sof toza havoga olib chiqib, novshadil spirti (5-10% ammiakli suv) hidlatish, ko’krak qafasini uqalash va erkin nafas olishiga qo’yib berish, ko’rpaga o’rab atrofiga grelka qo’yish kerak. Xushiga kelgach issiq choy, kofe, qatiq va boshqa sut maxsulotlari (smetana, qaymoq) dan berish mumkin.
Vaqtinchalik gazli va spirtli ichimliklar, sho’r va achchiq, qovurilgan go’sht maxsulotlari mumkin emas.
Viloyatimiz axolisi orasida qishning sovuq kunlarida fuqarolar tomonidan uylarini isitish maqsadida, tabiiy gaz yoki turli xildagi yoqilg’i mahsulotlaridan foydalanishadi.
Yoqilg’i mahsulotlari ichida boshqalariga nisbatan xavfliroq bo’lgani bu tabiiy gaz hisoblanadi. Tabiiy gazning to’liq yonmasligi, gaz oqimining bexosdan uzilib qolishi, xona ichida gaz to’planishi, gazni yoqib qarovsiz qoldirishi, isitish tizimlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida portlash va yong’in sodir bo’lishi hamda tabiiy gaz va is gazlaridan zaharlanish xolatlari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishi mumkin. Buning natijasida insonlar turli xil tan jarohatlari olishi yoki hayotdan ko’z yumishadi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin