4. Ammiak ta’sirida zaharlanishda birinchi tibbiy yordam. Katta miqyosdagi tabbiy ofat, avariya va katastrofalarda ko’plab insonlar jarohat oladilar. Bunday vaziyatlarda birinchi navbatda tibbiv saralanadi. Tibbiy saralashda jarohat olganlar uch xil rangli tasmalar yoki qog’ozlar bilan belgilanadi. «Qizil» - jarohati og’irlar, tez tibbiy yordamga muhtojlar kiradi; «Sariq» - tibbiy yordamga muhtoj, ammo malum muddatgacha kutishi mumkin bo’lgan jarohat olganlar: «Yashil» - jarohat olganlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, lekin ular uzoq vaqtgacha kutishi mumkin bo’lganlar; «Qora» - nafas olmayotganlar- o’lganlar. Jabrlanganlarni saralashda rangli tasma yoki qog’oz hamda himoya vositalari - qo’lqop, maska, ko’zoynak va boshqalar bo’lishligi shart. Triaj(saralash) vaqtida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatilmaydi, faqat triajni qisqa fursatda o’tkazishtalab etiladi. Triaj o’tkazib bo’lingandan so’ng, ularga birinchi tibbiy yordam ko’rsatiladi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ketma-ketligi: 1-navbatda - nafas olmayotgan jarohat olganlarga; 2-navbatda - ko’krak sohasi va nafas yo’llari shikastlanganlarga; 3-navbatda - ko’p qon yo’qotganlarga; 4-navbatda - shok xolatidagi yoki hushini yotganlarga; 5-navbatda - suyaklari ko’p singanlarga; 6-navbatda - yengil jarohat olganlarga. Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omiliar sababchi bo’lishi mumkin:
tabiiy ofat tufayli;
inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda qo’yiladigan xatoliklar tufayli;