Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar. Xozirgi kunda Respublikadagi 300 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalarida zararli moddalar ishlatiladi. Kimyo zavodlari joylashgan shaharlardagi ba’zi KTZM larning fuqorolarga bo’ladigan xavfi. 2-jadval
Shahar
Obyekt
KTZM
Zaharlanish mumkin bo’lgan mintaqadagi odamlar soni
Navoiy Samarqand Olmaliq Angren Chirchiq Farg’ona
Navoiy azot I.CH.B Mineral o’g’it. I.CH. zavodi Kimyo zavodi Tilla koni Elektr kimyo sanoat I.CH.B Farg’ona azot
Amiak, xlor
Amiak, xlor
Amiak, xlor Amiak, xlor Amiak, xlor Amiak, xlor
99250 55130 1710 450 39400 607300
Markaziy Osiyoda havoni eng ko’p ifloslantruvchi Tojikistoning Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi havoda belgilangan miqdordan deyarli 2 barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. Shamolning yo’nalishiga ko’ra, ftor birikmasining 80% Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Oltinsoy tumanlariga tushadi. Yana u yerlardagi havoning ifloslanishiga Sharundagi briket fabrikasi va g’isht zavdining ta’siri ham kattadir. Bulardan chiqadigan zaharli moddalar insonlarning salomatligiga jiddiy xavf tug’dirmoqda, hatto uy hayvonlari ham bundan katta talofat ko’rmoqda. Kimyo sanoati korxonalari ko’p joylashgan Chirchiqdagi “Elektrokimyo”, Farg’onadagi “Azot”, “Farg’ona neftsintez”, Navoiydagi “Elektrokimyomash” “Azot” va boshqa sanoat birlashmalaridan juda ham xavfli zaharli moddalar (KTZM) tashqariga chiqarib yuborilmoqda. Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II) oksidi 250 mln t yoqilg’i kukuni -100mln t uglevadorod 88 mln t azot (II) oksidi –53 mln t amiak –4 mln t, oltingugurt vodorodi – 3 mln t qo’rg’oshin birikmalari – 1 mln t, ftor – 0,4 mln t chiqariladi. Bunday sanoat korxonalarning chiqindi maxsulotlari insonlar hayotiga xatto xavf solib turli xil kasalliklarni keltrib chiqarmoqda, umrni qisqartirmoqda hamda atrof – muhitni, yerlarni havoni va suv havzalarini jiddiy zararlantirmoqda. Bularning hammasi esa insonlarni muxofaza qiluvchi omillardan hisoblanadi.