mablag’ yoki pul undirish javobgarligi (jarima yoki musodara qilish);
shaxsiga taalluqli javobgarlik (vazifasidan chetlatish, axloq tuzatish ishlari, ma’muriy qamoq jazosi).
Jinoiy javobgarlik.Bunday javobgarlikka mehnat xavfsizligi qoidalarining qo’pol buzilishi natijasida og’ir jarohatlanish yoki bir necha kishining og’ir jarohatlanishi, yoki baxtsiz xodisa o’lim bilan tugasa, qoidani buzishda ayblangan rahbar xodimlar tortiladilar. Jinoiy javobgarlik rahbar xodimni vazifasidan chetlashtirish yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan beigilanadi.
Moddiy javobgarlik.Mehnat xavfsizligi qoida va normalarini buzgan ishchi va xizmatchilar korxona ko’rgan moddiy zararni qoplashga yo’naltirilgan javobgarlikdir. Moddiy javobgarlik chegaralangan yoki to’liq javobgarlik tartibida belgilanishi mumkin.
Chegaralangan moddiy javobgarlikda korxonaga yetkazilgan zarar korxona rahbari buyrug’iga asosan ishchi va xizmatchining oyligidan undirib olinadi. Bunda aybdor shaxsning roziligi bilan oyligidan (uchdan biridan oshmaslik sharti bilan) ushlab qolinadi. To’liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo’lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo’lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda korxonaga keltirgan moddiy zararni ham to’liq qoplashga majbur qilinadi Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari chiqaradi. Bu xolda korxona ma’muriyati tomonidan aybdorlik aybini tasdiqlovchi hujjatlar ko’rsatilishi shart hisoblanadi.
Mehnatni muxofaza qilishning Davlat nazorat tashkilotlari. Mehnatni muxofaza qilish qoida va me’yorlarini, mehnat qilish qonuniyatlarining bajarilishini ta’minlash uchun umumiy va maxsus nazorat tashkilotlari tuzilgan. Barcha vazirliklar, boshqarmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunchiligining to’la - tokis bajarilishini nazorat qilish - O’zbekiston Prokuraturasiga yuklangan. Prokuratura tashkilotlari qonunlarning buzilmasligini reja asosida, mehnatkashlarning arizasi yoki korxona va ayrim shaxslarning ma’lumotlari asosida mehnatni muxofaza qilish talablarining qanday bajarilayotganligini tekshirish yo’li bilan amalga oshiradi. Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini xabardor qiladi, rahbar xodimlarga ma’muriy jazo ko’rilishini talab qilib, yuqori rahbar xodimlarga murojaat qiladi. Agar jinoyat sodir bo’lganligi aniqlansa (xavfsizlik tartib - qoidalari buzilsa), rahbar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksining 286 - moddasiga asosan maxsus nazoratni o’z faoliyati jihatidan shu korxonalarga va vazirlikka bo’ysunmaydigan maxsus davlat organlari va inspektsiyalari olib boradi. Mehnatni muxofaza qilishning maxsus davlat nazorat organlariga quyidagilar kiradi: