Radiatsiyaviy xolatni baxolash deganda – joylarni radioaktiv zararlanganlik tavsifnomasi va ularning fuqarolarga, texnika, qurilish va imoratlarga hamda hayvon va o’simliklarga ta’siri tushuniladi. Tavsifnоmaga quyidagilar kiradi:
оb’еkt hududidagi iоnlashtiruvchi nurlanishni хavfsizlik darajasi;
radiоaktiv mоdda bilan zararlangan hudud o’lchami;
fuqarоlarga va hayvоnlarga iоnlashtiruvchi nurlanishning хavflilik darajasi;
radiatsiya хavfining xalq хo’jaligi tarmоgiga qanchalik zarar еtkazganlik darajasi.
Radiatsiyaviy hоlatni bahоlashda yadrоviy pоrtlashlar vaqtini jоyini va quvvatini bilish kеrak bo’ladi. Radiatsiya xolatining natijalariga qarab zararlangan joylarda axoliga davolash va profilaktik choralarini qo’llash zarurligi aniqlanadi. Razvedkaning bergan ma’lumotlari asosida radiatsiyaviy xolatni aniqlash va baxolash mumkin, bunday ma’lumotlarni tuman, shahar viloyat va Respublika fuqaro muxofazasining rahbarlari, ularning shtablari qabul qiladilar. Radiatsiyaviy xolatni baxolash bilan bog’liq bo’lgan hisoblarni bajarishda turli formulalar, jadvallar, radiatsiyaviy o’lchov lineykasi va boshqa hisoblash jixozlaridan foydalaniladi. Yadroviy aslaxalar yer ustida portlatilganda xosil bo’ladigan bulut shamol tasirida uzoq joylarga tarqalib , yerga tushadi va o’sha joylar taxminan 4 ta zararlangan hududga bo’linadi. Zararlangan joylarning (A,B,V,G hududlari ) radioaktiv xolatini baxolash quyidagi tartibda aniqlanadi. -radioaktiv shikastlangan joylarning ko’lami aniqlanadi; -radioaktiv shikastlangan hududlar haritaga tushintiriladi -boshlang’ich shikastlanish vaqti aniqlanadi