I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə281/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Reja:
1. Kimyoviy sharoitni aniqlash va bahоlash.
2. Kuchli ta’sir etuvchi оb’еktlardagi avariyada kimyoviy sharoitni bahоlash.
Kimyoviy razvеdka asbоblar.
1. Kimyoviy xolatni aniqlash va baxolash.
Kimyoviy xolat deb - dushman tomonidan kimyoviy qurollar ishlatilganda yoki kimyoviy obyektlarda halokat yuz berganda atrof – muhitga kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) tarqalganligi natijasida xosil bo’lgan sharoitga aytiladi.
Kimyoviy xolatni baxolash deganda – kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni odamlarga, hayvonlarga , suv va boshqa obyektlarga ta’sir etish darajasini aniqlash hamda kimyoviy yoki ishlab chiqarish tarmoqlaridagi falokat oqibatlarini tugatish uchun eng maqbul uslubni tanlash tushunladi.
Kimyoviy xolatni baxolashda quydagi ma’lumotlarga tayaniladi.

  • zaharli moddalarning turi va uning ishlatilgan vaqti;

  • zaharli moddaning ishlarilish vositasi;

  • zaharli moddaning ishlatilgan joyi;

  • shamolning tezligi va yo’nalishi;

  • havo va yerning harorati;

  • kimyoviy shikastlanishning miqiyosi va tavsifini aniqlash;

  • havoning turg’unlik darajasi(inversiya, izotermiya va konveksiya);

  • fuqorolarning himoyalanish darajasi;

Kimyoviy xolatni baxolash bashorat usuli hamda tekshiruv natijalari orqali amalga oshiriladi. Xalq xo’jaligi ishlab chiqarish obyektlarida kimyoviy xolat radiatsiyaviy va kimyoviy tekshirish guruhlari, po’stlar orqali aniqlanadi.
Kimyoviy xolatni baxolashda havoning turg’unlik darajasini bilish muhim ahamyatga ega, chunki aynan havoning xolatiga ko’ra kimyoviy shikastlanish zonasining miqyosi hamda talofatlanish hajmi sarhisob qilinadi.
Havoning vertiqal turg’unligi uchta darajaga bo’linadi: Inversiya, izotermiya va konveksiya.
Inversiyada havoning pastki qatlami yuqori qatlamidan sovuqroq bo’ladi hamda bu xolat zaharlangan havoning balandlikka tarqalishiga qarshilik ko’rsatadi va zaharlangan havoning uzoq vaqt saqlanishiga qulay sharoit yaratib beradi.
Izotermiya – havo muvozanatining barqarorligi bilan tavsiflanadi. U ko’proq bulutli havoga xos, lekin inversiyadan konveksiyaga (ertalabki vaqtlarda) va aksincha (kechqurungi vaqtlarda) o’tish soatlarida ham vujudga kelishi mumkin. Izotermiya odatda, kechqurungi vaqtlarda quyosh botishiga taxminan 1 soatlar qolganda vujudga keladi va quyosh botgandan 1 soatlardan keyin u parchalanib ketadi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin