Karbonat kislotali o’t o’chirish asboblari havo kirmaganda ham yona oladigan moddalardan (paxta tolalaridan) boshqa turli moddalarni o’chirishda ishlatiladi. Shu bilan birga 100 V. gacha kuchlanish ostida bo’lgan elеktr uskunalarini ham o’chirishda ishlatish mumkin (12.3 – rasm). Suyultirilgan karbonat kislotasi po’lat ballonga joylashtirilgan bo’lib, uning bo’yin qismida pistoletsimon lo’kidon hamda sifon naychasi bo’ladi. Lo’kidonning nippelli qismiga karnaysimon plastmassa quvur o’rnatilgan. Lo’kidonning yon tomonida o’rnatilgan saqlovchi qopqoq ballonni portlashdan saqlash uchun mo’ljallangan. Ballon har yili kamida 1 marta sinov bosimidan o’tkaziladi. Xozirgi paytda karbonat kislotali o’t o’chirish asboblarining OУ, OУ – 2A, OУ – 5, OУ – 8, OУ – 2MM va OУ – 5MM rusumlari chiqarilayapti. Kimyoviy ko ‘pikli o’t o’chirish asboblari qattiq moddalami hamda maydoni 1 m2 gacha bo’lgan suyuq yonuvchi moddalarni o’chirishda ishlatiladi. Ular bilan kuchlanish ostidagi uskunalarni o’chirib boimaydi. 12.4 – rasmda КҲКЎ – 10 o’t o’chirish asbobining shernasi keltirilgan. Kavsharlangan po’lat ballon ichiga ishqor aralashmasi (NaOH), polietilen stakanga esa sulfat kislotasi to’ldiriladi. Bu ikki suyuqlikni aralashtirish natyasida kimyoviy ko’pik xosil bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun tutqichni qarama-qarshi tomonga burab stakanning tiqini ochiladi va po’lat ballonni 180° ga buriladi. Stakandagi kislota teshikchalar orqali oqib chiqib ishqorga aralashadi va reaksiyaga kirishib ko’pikka aylana boshlaydi. Ko’pik hajmi juda tez kengaya boradi va ballon ichida 0,08—0,14 MPa miqdorida bosim xosil qiladi. Xosil bo’lgan ko’pik teshikcha orqali otilib chiqa boshlagach, uni alanga chiqqan yerga yo’naltirish kerak. Bu o’t o’chirish asbobida xavfsizlikni ta’minlash uchun teshikchani sim bilan oldindan tozalab keyin ishga tushirish kerak. Aks xolda ko’pik qotib qolib teshikchani berkitib qo’ygan bo’lsa, ballon portlab ketishi ham mumkin. Bundan tashqari, har yili po’lat ballonni 2 MPa gidravlik bosimda sinab ko’riladi, so’ngra kislota va ishqor bilan qaytadan to’ldiriladi.