I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


yordamchi yong’in va yong’in avtomatika tizimlarini yoqish



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə300/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

yordamchi yong’in va yong’in avtomatika tizimlarini yoqish.

Evakuatsiya rejasining matnli qismida favqulodda holat yuz berganda
amalga oshirilishi zarur bo’lgan qo’llanma bo’lishi zarur.
Evakuatsiya rejasining o’lchami quyidagicha tanlanadi, mm kam emas: 600*400 - qavat va seksiya evakuatsiya rejasida;
400*300 - tarmoq evakuatsiya rejasi uchun.
Evakuatsiya rejasi o’lchami uning yo’nalishi, xonalar maydoni, evakuatsiya va avariya chiqish yo’llarining soni nisbati bo’yicha tanlanadi.
Asosiy evakuatsiya chiqish yo’llariga boruvchi evakuatsiya yo’llari uzun chiziq orqali ko’k rang bilan harakat yo’nalishi orqali belgilanadi.
Qo’shimcha evakuatsiya yo’llariga eltuvchi evakuatsiya yo’llari uzun shtrix chiziq orqali ko’k rang bilan harakat yo’nalishi orqali belgilanadi.
Evakuatsiya rejalari fotolyuminatset (yorqin, yaltroq) materiallari asosida bajariladi.
Yorqin bo’lmagan materiallardan evakuatsiya rejalarini bajarish ГОСТ 12.4.026 talablari asosida bajarish talab etiladi.
Evakuatsiya rejasining grafikaviy va matnli tasvirida (xavfsizlik belgilari va simvollardan tashqari) tasvirdan qat’iy nazar qora rang bo’lishi zarur.
Evakuatsiya rejasi yozuv xarflari ГОСТ 12.4.026 asosida balandligi 5 mm dan kichik bo’lmagan holatda amalga oshiriladi.
Evakuatsiya rejalari xona va yo’lak devoriga, ustuniga va boshqa evakuatsiya rejasida ko’rsatilgan joyga ilinishi zarur.
2.Yong’in sodir bo’lganda odamlarga yong’in haqida xabar berish tizimlari.
Xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlari, binoda mavjud bo’lgan odamlarni o’z vaqtida evakuatsiya qilishni tashkillashtirish maqsadida ularga yuz bergan yong’in haqida xabar berish uchun mo’ljallangan. Alohida hollarda bu tizimlar yong’in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan odamlarni evakuatsiya qilishni boshqarish, vahimani oldini olish va YoXB harakatlarini boshqarish uchun qo’llanilishi mumkin.





Yong’in haqida odamlarga xabar berish va ularni evakuatsiya qilishni boshqarish quyidagi ko’rsatilgan usullarning biri orqali amalga oshirilishi kerak: binoning doimo yoki vaqtinchalik odamlar bo’ladigan barcha xonalariga ovozli va (yoki) yorug’likli signallarni berish; evakuatsiyaning zarurligi, evakuatsiya yo’llari, harakatning yo’nalishi va odamlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan boshqa harakatlar haqidagi matnlarni eshittirish; vahima (sarosima) va evakuatsiyani murakkablashtiradigan boshqa hodisalarni oldini olish uchun maxsus tayyorlangan matnlarni eshittirish; evakuatsiya yo’llarida xavfsizlik belgilarini joylashtirish; xavfsizlikning evakuatsion belgilarini yoqish; evakuatsion yoritish tizimini yoqish; evakuatsiya chiqish joylarining eshiklarini masofadan turib (distansion tarzda) ochish (masalan, elektromagnit qulflar bilan jihozlangan eshiklarni); dispetcherlik-yong’in o’chirish postining yong’in haqida xabar berish hududlari bilan aloqa qilishi. Binolardagi yong’in haqida xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlarining turlari 1-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin