I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə320/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Boldir-panja bo’gimiga sakkizsimon bog’lam qo’yiladi. Buning uchun bintning birinchi o’rami to’piqdan yuqoriroqqa solinadi, keyin pastga, oyoq tagi tomon o’tkazib, oyoq panjasi o’raladi, so’ng bint oyoq panjasining orqa yuzasi bo’ylab to’piq tomon yuqoriga yo’naltiriladi, keyin esa oyoq panjasi va to’piq tomon qaytarib kelinib, bint uchini to’piqdan yuqorida 1-2 marta aylantirgach, mustahkam bog’lanadi. Umuman, odamning oyoq qismi shikastlangan paytda jaroxat bog’langach, oyoqni qimirlamaydigan qilib taxtakachlab qo’yilsa, uni transport vositalarida ko’chirish oson va og’riqsiz kechadi. Yilning sovuq paytlarida shikastlangan oyoqlarni issiqroq buyum bilan o’rab qo’yish maqsadga muvofiq.

18-AMALIYOT
MAVZU: QORIN VA QO’L-OYOQ JAROXATLARIGA KO’RSATILADIGAN
BIRINCHI TIBBIY YORDAM.
Reja:
1. Qorin va qo’l-oyoq jarohatlari haqida tushuncha.
2. Qorin jarohatlarida yordam ko’rsatish.
3. Qo’l-oyoq jarohatlarida yordam ko’rsatish.


Qorin sohasi jaroxatlari orasida qorinni teshib kirgan jaroxatlar shikastlangan odamning hayoti uchun hammadan ko’ra ko’proq hatarlidir. Mana shunday jaroxat yetgan mahalda organlardan: ichaklar va charvi tashqariga chiqib qolishi, juda ko’p qon yo’qotilishi mumkin. Ichki organlar chiqib qolgan bo’lsa, ularni qorin bo’shlig’iga qaytarib tushirib qo’yib bo’lmaydi. Chiqib qolgan ichki organlar atrofidagi jaroxatni steril salletka yoki steril bint biian o’rab bekitib qo’yish kerak. Qorinda leshib kirgan jarohati bor odamga suv ichirib bo’lmaydi, faqat lablarini xo’llab turish mumkin.
Qorinning ustki qismiga steril bog’lam qo’yishda bint pastdan yuqoriga tomon g’ir aylantirib o’rab chiqiladi. Lekin qorinning pastki tomoniga spiral bog’lam qo’yiladigan bo’lsa, tushib ketaveradi. Shu sababdan bunda qorin va son oralig’i sohasiga boshoqsimon bog’lam qo’yiladi. Bunday bog’lar qorinni bint bilan g’ir aylantirib otashdan boshlanadi, so’ngra bint sonining tashqi yuzasi bo’ylab o’rab boriladi. Qorinnning katta-katta joylari kuygan mahalda durrachali bog’lamlar ham qo’yilishi mumkin.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin