I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə325/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Derixs shinasini qo’yish. Shinaning oyoq kaftiga mos keladigan qismini oyoq panjasininig kaft qismiga bint bilan fiksatsiya qilinadi. Birmuncha uzun tashqi qismini qo’ltiqdan boshlab qo’yiladi va oyoq qismiga metall halqaga kiritilib, undan 8-10 sm tashqariga chiqarib qo’yiladi.
SUYAK CHIQISHI.
Suyak chiqishi deganda bir yoki bir nechta suyaklarning buzilishidan bo’g’im yuzasining patologik siljishi, ularning normal anatomik o’zaro munosabatlarning buzilishi tushunilishi. Suyaklarning to’la va chala chiqishi tafovut qilinadi:
Suyak chiqishining quyidagi turlari ma’lum:
1) Shikastlanish oqibatida yuz bergan travmatik chiqishi.
2) Boylam apparati va suyaklarning boylam uchlari zararlanishi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarda sodir bo’ladigan patalogik chiqishi.
3) Tug’ma chiqishi.
4) Suyakning boylam apparatining cho’zilishi natijasida ko’pincha suyakning travmatik chiqishi noto’g’ri davolanganda yuz beradigan odat bo’lib qolgan chiqishlar.
5) O’z vaqtida joyiga solinmagan - eskirgan suyak chiqishi.
Suyakning chiqishi vaqtida qattiq og’riq bo’ladi, keyingi kunlarda og’riq esa asta-sekin pasayadi. Qo’l va oyoq suyagi chiqqanda ular majburiy vaziyatni egallaydi. Bo’g’imlardagi harakatlar hajmi keskin buzilgan. Bo’g’im konfiguratsiyasi bo’g’im yuzasi vaziyati o’zgarishining hisobiga ham, gematoma hisobiga ham keskin o’zgaradi.
Suyaklar chiqqanda birinchi yordam. Oyoq va qo’lni immobilizatsiya qilish zarur. Og’riqni pasaytirish maqsadida suyak chiqqan zonada muz yoki sovuq suv solingan xaltachada qo’yiladi, analgetiklar yuboriladi, shundan so’ng bemorni zudlik bilan davolash muassasasiga jo’natiladi. Chiqqan suyakni vrach to’g’rilaydi.
Suyak chiqishining turiga va qayerdagi suyak chiqqaniga qarab, uning o’rniga solishning muayyan usullari mavjud. Bo’g’im bo’shlig’iga novokain yuborib, mahalliy og’riqsizlantirishdan so’ng suyak joyiga solinadi. Masalan: Yirik bo’g’imda chanoq-son bo’g’imda suyak chiqqanda skelet muskullari tonusni bo’shashtirish uchun miorelaksantlar bilan umumiy og’riqsizlantirishga to’g’ri keladi. Chiqqan suyak joyiga solingandan so’ng oyoq yoki qo’lni bog’lam yoki gips longeta bilan 4-5 kunga qimirlamaydigan qilib qo’yiladi. Shundan so’ng davo gimnastikasi, massaj va issiq muolajalar buyuriladi. Eskirgan suyak chiqishlarida suyakni operatsiya qilinib, o’rniga solinadi. Odat bo’lib qolgan suyak chiqishida boylam apparatini operatsiya yo’li bilan mahkamlanadi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin