I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Suyak sinishi va travmatik shok t



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə326/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Suyak sinishi va travmatik shok to’g’risida tushuncha. Odam keskin harakatlar qilganida, zarb yeganida, balandlikdan yiqilib tushganida suyaklari sinadi. Suyaklar sinishi yopiq va ochiq bo’lishi mumkin. Yopiq suyak siniqlarida teri qoplarnlarining butunligi buzilmaydi,ochiq suyak si-niqlarida suyak singan joyda jaroxat bo’ladi. Suyaklarning ochiq sinishi hammadan ko’ra xavfliroqdir. Suyaklar singanda suyak bo’laklari surilib ketgan yoki surilmay turgan bo’lishi mumkin. Suyak sinishlarining asosiy belgilari: suyak singan joyning og’rib,shishib ketishi, qon talash bo’lishi, uning odatdan tashqari tarzda harakatlanadigan bo’lib qolishi, qo’l yoki oyoq funksiyasining buzilishi kabi alomatlardir. Suyak ochiq singan paytda jaroxatda suyak bo’laklari ko’rinib turishi mumkin. Qo’l-oyoq suyaklari singanida qo’l yoki oyoq kalta tortib, singan joyi qiyshayib qoladi. Suvaklarning sinishi og’ir xollarda shok bilan birga davom etadi. Shok suyaklar ochiq sinib, arteriyalardan qon ketib turgan paytda ayniqsa ko’p paydo bo’ladi. Travmatik shok og’ir shikastlarning hayot uchun xavf soladigan asorati bo’lib, markaziy asab sistemasi faoliyati, qon aylanishi, moddalar almashinuvi va hayot uchun muhim bo’lgan boshqa funksiyalarning buzilishi bilan harakterlanadi. Bir marta yoki takror-takror ogo’ir shikast yetishi shokka sabab bo’lishi mumkin. Bunda odam es-hushi joyida bo’lgani xolda bo’shashib, atrofdagilarga loqayd bo’lib qoladi. Hayot uchun muhim bo’lgan barcha funktsiyalari susayib ketadi: badani muzlab, yuzi oqaradi, pulsi zaif, nafas olishi sust bo’ladi. Shikastlanib, shok xolatiga tushib qolgan odamga birinchi tibbiy yordamko’rsatishda hayot uchun xavf solib turgan qon ketishni tatish, og’riqni qoldiradigan dori berish, sovuqdan asrash, suyaklari singan bo’lsa, transport immobilizatsiyasini bajarish zarur.
Suyak singan paytda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning asosiy qoidasi shikastlangan kishining hayotini saqlab qolishga qaratilgan usul-amallarni birinchi navbatda bajarish: arteriyalardan qon ketishini to’xtatish travmatik shokning oldini olish, keyin esa jaroxatga steril bog’lam bog’lash va qo’lda bor vositalardan foydalanib immobilizatsiya qilishdan iborat. Immobilizatsiyadan asosiy maqsad singan joydagi suyaklarni qimirlamaydigan qilib qo’yishdir. Bunda og’riq kamayadi, natijada travmatik shokning oldini olish oson boladi. Suyak singanida o’sha joy yaqinidagi ikkita bo’g’imni (singan joyning yuqorisi va pastidagi bo’g’imni) maxsus shinalar yoki qo’lda bor vositalar yordamida taxtakachlab qo’yish yo’li bilan singan joyning qimirlamay turishi ta’minlanadi. Shu tariqa taxtakachlab qilingan immobilizatsiya transport immobilizatsiyasi deb ataladi. Immobilizatsiyadan ko’zlangan maqsad singan joydagi suyaklarni o’rnidan siljitmaslik, qimirlamaydigan qilishdir. Bunday xolatda og’riqlar kamayadi, travmalik shokning oldi olinadi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin