28-rasm. Chanoq suyaklari singan (a), umurtqa pog’onasi shikastlangan (b) odamni immobilizatsiya qilish. 21-AMALIYOT MAVZU: KUYGAN PAYTDA KO’RSATILADIGAN BIRINCHI TIBBIY YORDAM. Reja: 1. Kuyish haqida umumiy ma’lumot. 2.Kuyishlar turlari. 3.Kuyishda birinchi yordam ko’rsatish. Kuyish deb - to’qimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, elektr toki, nur energiyasi ta’sirida kelib chiqqan jaroxatga aytiladi.
Kuyishlar turlari quyidagilar: termik: - issiq suvdan, olovdan, cho’g’dan,bug’dan kimyoviy: - kislota va ishqorlardan, uksus essentsiyasidan nur, energiyasi va elektr tokidan Kuchli kuyishlarda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi va kuyish kasalligi rivojlanadi. O’tkir kuyishda kasallikning kechishi shok, toksemiya, septiko - toksemiya va rekonvalestsensiya davrlari farq qiladi.
Shok davri - kuyishda travmatik shokni eslatadi, biroq u organizmni yaqqol intoksikatsiyasi va plazma yo’qotilishi hisobiga birmuncha og’ir kechadi. Travmatik shokdagi singari bemorerektilbosqichida qo’zg’algan bo’ladi, qon bosimi oshib, pulsi tezlashadi.
Taktil bosqichida hayotiy jarayonlar keskin pasayib ketadi: bemor harakatsiz, tana harorati va qon bosimi pasaygan, terisi oqargan, yuz qiyofasi jiddiylashgan, akrotsianoz paydo bo’ladi. Siydik ajralishi kamayib,to’liq anuriyaga boradi.
Toksemiya davri - kuyishdan keyin bir necha soat o’tgach boshlanadi. Kuygan yuzada ko’p miqdorda plazma yo’qotilishi bilan birga zaharli moddalarning surilishi boshlanadi. Bu davrda bemorning ahvoli nixoyatda og’ir, harorati juda yuqori, ishtahasi va uyqusi buzilgan, qusadi, ichi kelmaydi. Qon quyuqlashgani sababli gemoglabin va eritrotsitlar miqdori ko’payadi. Siydikda eritrotsitlar va oqsil silindrli shaklda paydo bo’ladi.
Septiko – toksemiya davri - kuygan yuzada infeksiya rivojlangandan keyin kuzatiladi. Kuygan yuza ko’p yiringli suyuqlik bilan qoplanadi. Harorat ko’tarilib ketadi, yotoq yaralar yiringli metastazlar xosil bo’ladi.
Reqonvalessent (sog’ayish) davrida tana harorati, qon va siydik normaga keladi, ishtaha yahshilanadi, to’qimalarning nekrotik qismlari ko’chib tushadi, kuygan yuzada pushtirang sog’lom granulyatsiyalar paydo bo’ladi. TERMIK kuyish - to’qimalarga yuqori harorat, issiq suv bug’ va boshqalar ta’sir etganda sodir bo’ladi. Termik omil harorati nechog’li yuqori bo’lsa va termik omil qanchalik uzoq ta’sir qilsa to’qimalar shunchalik ko’p shikastlanadi. Erigan metal ta’sirida ayniqsa, chuqur kuyish xollari kuzatiladi.