I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o’rganish usullari



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə33/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o’rganish usullari.
Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalarni va baxtsiz xodisalarni keltirib chiqaruvchi xavfli xolatlarni hamda baxtsiz xodisalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladigan omillarni aniqlash, ularni yo’qotish chora-tadbirlarini ko’rishga qaratilgan. Bu ishlar asosan, oqilona ish usullarini qo’llash, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo’ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi.
Baxtsiz xodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi.
1. Statistika usuli.Bu usul baxtsiz xodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishining materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu usul sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy material bo’lishdan tashqari, baxtsiz xodisalami kamaytirishda chora – tadbirlar ko’rish uchun amaliy ma’lumot beradi. Bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsiyenti va jarohatning og’irligi koyeffitsiyentining o’rtacha ko’rsatkichini olish imkoniyatini beradi.
Baxtsiz xodisalarning takrorlanish koeffitsiyentini, 1000 ishchi hisobiga, ma’lum vaqt davomida sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz xodisalarning o’rtacha miqdorini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:

bunda, P - ma’lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni; T - shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni.
Jarohatlanish koeffitsiyenti mashinasozlik sanoatining qaysi korxonasida baxtsiz xodisalar ko’proq vujudga kelayotganligi haqida ma’lumot beradi.
Baxtsiz xodisaning og’irlik koeffitsiyentini, ya’ni har bir jarohatlanishning o’rtacha yo’qotilgan ish kunlari hisobini ko’rsatuvchi К ni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

bunda, П - hamma baxtsiz xodisaga uchraganlar tomonidan yo’qotilgan ish kunlari soni; P - shu davrda baxtsiz xodisaga uchraganlar soni.
Shuni aytib o’tish kerakki, bu ko’rsatkich haqiqiy og’ir jarohat­lanish belgilarini ko’rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o’lim bilan tugagan baxtsiz xodisalar kiritilmagan. Yo’qotilgan mehnat qobiliyatining ishchi kun miqdorini 1000 ki-shiga keltirib, quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:


Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin