I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


bu ko’rsatkich orqali jarohatlanish dinamikasi va baxtsiz xodisaning og’irlik asoratini aniqlash mumkin



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə34/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

bu ko’rsatkich orqali jarohatlanish dinamikasi va baxtsiz xodisaning og’irlik asoratini aniqlash mumkin.
Statistika usulini ikkiga bo’lib qarash qabul qilingan: bular gruppa usuli va topografiya usulidir.
Gruppa usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz xodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan, vaqti va sodir bo’lgan joyi, baxtsiz xodisaning xususiyatini va h.k.) gruppalangan xolda, takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Topografik usul. Bu usul ham gruppa usulining ko’rinishlaridan biri bo’lib, quyidagi xollarda qo’llaniladi: gruppa usulida keltirilgan baxtsiz xodisalar haqidagi ma’lumotlami har xil shartli belgilar bilan belgilab (masalan, N-I), ish uchaskalarining planida baxtsiz xodisa yuz bergan joylarga qo’yib chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz xodisalarning takrorlanishi haqida ko’rgazmali ma’lumot olinadi.
Har qanday statistik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz xodisalarni tahlil qilish ham olingan materialni, asosan baxtsiz xodisa haqida tuzilgan N-I formadagi aktni har tomonlama o’rganiladi. Akt bo’yicha baxtsiz xodisa yuz bergan joy, jarohatla­nish tavsifi, og’irlilik darajasi, sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi haqidagi ma’lumotlar bo’yicha taqsimlanish belgilari aniqdanadi.
Statistik usulda aniqlanishicha asosiy baxtsiz xodisalar kechki smenada va ishchilarning ish staji kam bo’lganlariga, 50% atrofida baxtsiz xodisalar to’g’ri keladi.
Bularni hisobga olib, baxtsiz xodisalarni kamaytirishning amaliy tadbirlarini ko’rish imkoniyati tug’iladi.
2. Monografiya usuli. Bu usulning mohiyati, baxtsiz xodisa yuz bergan ayrim sex uchastka yoki ishlab chiqarish xonasini chuqur va har tomonlama o’rganish asosida olib boriladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitar-gigiyenik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Ushbu korxonalarda ro’y bergan baxtsiz xodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o’rganiladi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin