Tabiiy gaz va is gazi bilan zaharlanish xolatlari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: - tabiiy gazning to’liq yonmasligi oqibatida xosil bo’ladigan is gazining salbiy ta’siri; - xonadonlar isitish tizimlariga tabiiy gazning ulanishida me’yoriy talablarga rioya etilmasligi; - tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi; - isitish uchun mo’ljallangan pechkalar hamda mo’rilarning soz xolatda emasligi, yaxshi tozalanmaganligi va boshqalar. Xonaga tabiiy gaz yig’ilib qolgan xolatda, zudlik bilan quyidagilarni amalga oshirish zarur:
xonaning oyna va derazalarni ochib, shamollatish;
xonadagi elektr jixozlarni yoqmaslik, yoniq bo’lsa o’chirmaslik;
gaz jumraklarini berkitish;
gazni berkitishning iloji bo’lmasa yoki yorilgan, singan va teshilgan joylar aniqlansa, gaz ta’minoti avariya xizmatiga xabar berish.
Tabiiy va is gazlari bilan zaharlanish xolatlari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar yuz bersa: - zaharlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish; - “103” telefon raqami orqali “Tez tibbiy yordam”ga xabar berish; - “104” telefon raqami orqali Gaz ta’minoti xizmatiga xabar berish; - Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Avariya-qutqaruv xizmatiga murojaat qilishni yodda tutish zarur.
TABIIY GAZDAN ZAHARLANISHDAN SAQLANING! Viloyatimiz axolisi orasida qishning sovuq kunlarida tabiiy gazdan foydalanish ehtimoli oshadi va ulardan noto’g’ri foydalanish oqibatida ko’ngilsiz va achinarli voqealar sodir bo’lishi mumkin. Ushbu xodisalarning sabablari o’rganilganda, tabiiy gazning to’liq yonmasligi, gaz oqimining bexosdan uzilib qolishi, gaz plitalarining yoqib qarovsiz qoldirilishi, isitish tizimlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga va ehtiyot choralarining ko’rilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Bunday voqealarni oldini olish uchun tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko’rish, xonadonlarda gaz hidi sezilgan vaqtda yorituvchi hamda elektr asboblarini yoqmang va o’chirmang tezlikda xonaning deraza va eshiklarni ochib havoni almashtirish lozim bo’ladi. Isitish tizimlariga tabiiy gazni ulashda o’z boshimchalik bilan o’rnatish mumkin emas. Bunday ishlarga tegishli mutaxassislarni jalb qilish va me’yor talablariga qa’tiy amal qilgan xolda o’rnatish kerak. Shunday voqea sodir bo’lgan taqdirda oila a’zolaringizga va yosh bolalar yonlarida kattalar bo’lmasa o’zlarini qanday tutish va nima qilish kerakligini tushuntirish va tabiiy gazdan zaharlangan kishini qutqarishda hamda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda belgilangan qoidalarga amal qilish kerak bo’ladi.