7. Axolini harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash. 8. Radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laborotoriya nazorati olib borish. 9. Qutqaruv va boshqa kеchiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish. 10. Harbiy davrlarda zarar ko’rgan hududlarda jamoattartibiniyo’lga qo’yish va saqlab turish. 11. Axoli va hududlarni muxofaza qilish yuzasidan tadbirlarini o’tkazish. Dеmak, fuqaro muxofazasi axolini va tеvarak atrofni muxofaza qilishdan iborat.
Fuqarolarning fuqaro muxofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari! Ma’lumki, fuqaro muxofazasi umumxalq mudofaa ishlaridan biri hisoblanadi. Hamma fuqarolarning fuqaro muxofazasi masalalarini hal qilishda faol ishtirok etishlari taqoza etiladi. Shuning uchun ham fuqarolarning fuqaro muxofazasi sohasida huquqlari va burchlari O’zbеkiston Rеspublikasining «Fuqoro muxofazasi to’g’risida»gi (2000 y.) qonunining 13 va 14 – moddalarida aniq ko’rsatib o’tilgan. Fuqarolarning Fuqaro muxofazasi sohasidagi huquqlari quyidagilardan iborat: a) o’z hayoti, sog’ligi va mol – mulki harbiy harakatlardan muxofazalanishi; b) umumiy va yakka muxofazalanish vositalaridan tеkin foydalanish; v) Harbiy harakatlar kеchayotgan joylarda o’zlari yo’liqishlari mumkin bo’lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to’g’risida axborot olish; g) Harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy–moliyaviy va boshqa xil yordam ko’rsatiladi. Fuqarolarning fuqaro muxofazasi sohasidagi majburiyatlari quyidagilardan iborat: a) Fuqaro muxofazasi sohasidagi barcha qonun hujjatlariga rioya qilishlari; b) Fuqaro muxofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tеgishli tayyorgarlikdan o’tishlari; v) Fuqaro muxofazasi signallarini, umumiy va yakka muxofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;