I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə69/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi.
Terrorizmni iqtisodiyot va axoli uchun xavfli hususiyatlari.


XX asrning Oxiri va XXI asr boshlarida terrorizm insoniyat hayotiga katta xavf sola boshladi. O’zining niyatini oshkora eta boshladi. Jumladan, Nyu-Yo’rk (AQSH) shahridagi butunjaxon savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar ichida yer bilan yakson bo’ldi. Shuningdek, Irlandiya va Angliyadagi "UPA", Ispaniyadagi "ETA", Osiyoda jinoyatkorona faoliyat olib borayotgan "AL - Qoida", "Khamas" kabi er yuzasining turli burchaklaridagi 500 ga yaqin Terrorchilik tashkilotlari turli ko’rinishdagi qabih ishlarni amalga oshirdilar va xozirda ham olib bormoqdalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1975 yildan to bugungi kungacha dunyoning turli mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir etilgan.
Oxirgi yillarda Terrorchilik uslublari ancha kengayganligi ma’lum. 1970 yillarda biror shahs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko’proq qo’llanilgan bo’lsa, xozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus, poyezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko’plab, tasodifiy kishilarning qurbon bo’lishiga olib keladigan qo’poruvchilikni amalga oshirishga qaratilgan.
Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan maqsad pul undirish bo’lgan bo’lsa, xozirda Terrorchilar asosan, xalqaro munosabatlar sohasida va mamlakatlarda beqarorlikni keltirib chiqarish borasida mo’ljallangan siyosiy maqsadlarga erishishni ko’zlaydilar.
Bugungi kunda terroristik harakatlarning yanada faollashish jarayoni yuz bermoqda. U xozirgi kunda XXI asrning "global" muammosiga aylanib qoldi.
Terrorrilik tashkilotlar o’zlarida mavjud bo’lgan barcha imkoniyatlarni ishga solib, o’z maqsadiga erishish uchun qonli yurishlarni ham qilmoqdalar. Ular turli xildagi kimyovimy va biologik qurollardan foydalanishga urinmoqdalar. Ma’lumotlarga qaraganda 200 martadan ortiq shunday qurol va vositalardan foydalanilgan. Jumladan, 1994 yil Yaponiyaning "AVM Cinrico’ diniy terroristik tashkiloti tomonidan "zarin" kimyoviy vositasini ishlatish oqibatida 7 kishi vafot etgan, 114 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan. 1995 yilda mazkur terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosi 16 bekatining zararlanishi oqibatida 12 yo’lovchi halok bo’lgan, 400 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bunday zararli moddalar Quvaytda, Iroqning Kurdiston hududlarida va boshqa davlatlarda qo’llanilib, ko’plab insonlarning o’limiga sabab bo’lgan.
2011 yilning dastlabki оyi ham shiddatli tabiiy оfatlar, shuningdеk, dunyoning turli nuqtalarida yuz bеrgan qоnli tеraktlar bilan tariх sahifalaridan jоy оldi. Bu оy davоmida Pоkistоn, Afg’оnistоn, Irоq singari mamlakatlar bilan bir qatоrda nisbatan tinch Shvеtsiya, Ukraina va Rоssiyada ham pоrtlashlar qayd qilindi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin