I-bo’lim. O’quv materiallar ma’ruza uchun materiallar


Qiyosiy pedagogikaning asosiy vazifalari



Yüklə 35,67 Kb.
səhifə3/7
tarix19.05.2023
ölçüsü35,67 Kb.
#127251
1   2   3   4   5   6   7
I-maruza mashg`uloti (3)

Qiyosiy pedagogikaning asosiy vazifalari:

  1. Chet el ta’lim tizimi rivojining real jarayonlarini aks ettiruvchi yangi va yaxshi, ma’lum bo’lmagan jihatlarini tizimli bayon etish.

  2. Jahon mamlakatlarida ta’lim tizimi rivojlanishining muhim qonuniyat va tendentsiyalarini aniqlash hamda tahlil etish va tizimlashtirish.

  3. Turli davlatlar ta’lim tizimi sifati va samaradorligini baholashning ilmiy asoslangan mezonlarini aniqlash.

  4. Talim sohasidagi siyosatning asosiy yo’nalishlarini aniqlash.

  5. Uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha bo’g’inlarining mavjud holati va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.

  6. Turli davlatlar ta’lim tizimining rivojlanishidagi salbiy va ijobiy jihatlari, yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash.

  7. Ta’lim sohasida ijobiy va salbiy holatlarning yuzaga kelishini aniqlovchi ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy sharoitlarni o’rganish.

  8. Bir davlat ta’lim tizimini boshqa davlatga ko’chirishning natijalarini bashorat qila olish.

  9. O’rganilayotgan ta’lim tizimidagi umumiylik va o’ziga xoslik jihatlarini aniqlash.

Qiyosiy pedagogikaning asosiy funksiyalari:

  1. Mutaxasislarning chet el tajribasini o’rganishlarini yengillashtirish maqsadida pedagogik hujjatlardagi atama va tushunchalarni unifikatsiyalash va tartibga solish.

  2. Turli ta’lim modellari va talim sohasida amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarni taqqoslash.

  3. Kelgusida ta’limni rivojlantirishning istiqbolli va ishonchli yo’llarini bashoratlash.

  4. Ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik rejasini ishlab chiqish.

    1. 1.3. Qiyosiy pedagogikaning boshqa pedagogika fanlaridan farqi.

Qiyosiy pedagogika birinchi navbatda didaktika, tarbiya nazariyasi va amaliyoti, pedagogika tarixi kabi fanlar bilan bog’liq. Pedagogika tarixi turli tarixiy davrlarda ta’limning rivojlanish masalalarini vertikal qiyoslab o’rgansa, qiyosiy pedagogikaning predmeti turli davlatlardagi ta’lim tizimini bitta davr ichida o’rganish, ya’ni gorizontal qiyoslashdir. “Vertikal” va “gorizontal” yondashuvlar birikmasi esa ko’rilayotgan muammoni to’liq, chuqur tavsiflashga imkon beradi. Shuningdek, qiyosiy pedagogik fanlarga oid bo’lgan falsafa, sotsiologiya, xronologiya, iqtisodiyot kabi fan sohalari bilan ham bog’liq.
Bugungi kunda fanning pedagogika, qiyosiy pedagogika sohalarida falsafaning metodologik fimksiyalari tan olingan, zero falsafa pedagogik tajribani anglashda va pedagogik konsepsiyalarni yaratishda nazariy maslak hisoblanadi. Undan tashqari qiyosiy pedagogik tadqiqot doirasida pedagogik bilimlarni olish jarayoni falsafaning umumiy qonuniyatlariga bo’ysunadi.

Qiyosiy pedagogikaning psixologiya bilan bog’liqligi an’anaviy hisoblanadi, zero bir davlat ta’lim tizimining tuzilishi shaxsning rivojlanishi va psixik faoliyati qonunlari, inson tabiati xususiyati bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuningdek, pedagogik tajribalarni bir davlatdan ikkinchi davlatga o’tkazishda psixologiya fanlarining ayrim sohalari bo’yicha tadqiqotlar ham dolzarb hisoblanadi. Jumladan, etnopsixologiya “milliy xarakter”, “milliy mentalitet” kabi tushunchalarni o’rganadi, bu tushunchalar o’z navbatida qiyosiy pedagogika uchun alohida qiziqish uyg’otadi.
Sotsiologik tadqiqotlarning natijalari, qiyosiy pedagogikaga turli davlatlarda ta’lim rivojlanishining qonuniyatlari, yo’nalishlari haqidagi boy ma’lumotlarni beradi. Bu esa o’z navbatida ta’lim tizimi rivojining kelajakdagi strategiyasini belgilashga imkon beradi

Yüklə 35,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin