34
olib borilmoqda. Bu mikrosuvo‗tining insoniyatga katta urg‗u berilish sabablaridan
biri uning hujayra qobig‗ining yumshoqligidadir
va uning ham oqsil va
mikroelementlarga boyligidir. Ya‘ni bu mikrosuvo‗ti tirik organizm organizmiga
tushgandan so‗ng to‗liq singadi. Bu mikrosuvo‗ti chuchuk suvda o‗sadi va uning
100 dan ortiq turlari mavjud. Uning hujayra diametri ham kichik bo‗lib, uni
faqatgina mikroskop yordamida ko‗riladi.
(19-rasm)
19-rasm
.
Scenedesmus mikroskop ostida ko‗rinishi
Scenedesmus ni Makaziy Osiyo davlatlari hududi
joylashgan suv havzalarida
keng uchratish mumkin. Bu mikrosuvo‗ti juda tez katta biomassa hosil qiladi.
Mezofil organizm hisoblangani uchun bahor oylarini juda hush kuradi. 25-26 C
O
harorat bu organizm uchun eng ma‘qul harorat hisoblanadi. Bahor oylarida asosan
uning bosh qismlarida qiyg‗os gullaydi va xovuzlarga o‗zgacha ko‗rk bag‗ishlaydi.
Bu organizm ko‗payishi uchun ham mineral tuzlar va fotosintez jarayoni asosiy
omil hisoblanadi. Quyoshning ta‘siri ostida shu darajada tez ko‗payadiki suvning
ustki qatlamidan boshqa qatlamini ko‗rsatmaydigan holatga olib keladi. Bu
mikrosuvo‗ti ham hozirda jadal ravishda o‗rganib kelinmoqda. Shunga
qaramasdan
bu tur haqida hozirda ma‘lumot juda oz hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: