1. Idrokda ob'ekt va fon Odamga juda ko'p narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bo'lar shunday ko'p xossalariga egaki, hatto odam bir vaqtning o'zida ularga javob reaktsiyasi qaytara olmaydi. Odam ko'p sonli qo'zg'ovchilardan faqat ayrimlarini aniq va yangilangan holda ajratib oladi. SHu ajratib olingan narsa - hodisalar esa fon sanaladi. Masalan, o'qituvchi bir darsda bir necha o'quvchilardan so'raydi. Har safar so'ralayotganlar turadi. CHaqirilgan o'quvchi uning javobi, xatti - harakati idrok ob'ekti hisoblanadi. Boshqa o'quvchilar faoliyati idrok foni bo'lib qoladi. Idrok foniga
kirgan o'quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa idrok ob'ektiga aylanadi va aksincha. Demak, idrok ob'ekti va foni dinamik tabiatga ega bo'lib, doimo o'zgarib turadi. Ob'ekt va fonning dinamikligi bosh miya katta yarim sharlari po'stida vujudga keladigan optimal qo'zg'alish o'chog'ining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatning bir ob'ektdan boshqa ob'ektga o'tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob'ektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikqilangan tasvirlar, Shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajratish kabilarda aniq ko'rish mumkin. Juda ko'p hollarda ob'ektni fondan tez va aniq ajratib idrok qilish uchun uni alohidarang, shakl va boshqa belgilar bilan ta'kidlab qo'yiladi. Masalan: transport belgilari, temir yo'l ishchilari maxsus to'q sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.
2. Appertseptsiya Idrok obrazlari ularni vujudga keltiruvchi ob'ektlar va shaxsning o'zida bo'lgan bir qancha omillar bilan taqozo etiladi.
Kishi psixik hayoti va shaxsiy xususiyatlarining idrokka ta'siri va unda aks etuvchi mazmunni appertseptsiya deydilar. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma'lumotlari, turmush tajribalari, kasblari, sinfiy chiqishlari, temperament, xarakter, dunyoqarashlari jihatidan turlicha idrok qiladilar. Kishining qaysi sohaga doir bilim va tajribasi qanchalik boy bo'lsa, uning shu sahadagi idroki ham to'liq, chuqur va sermazmun bo'ladi. Masalan, biror yangi mashinani mutaxassisning idrok qilishi va mutaxassis bo'lmagan kishining idrok qilishi, bir mevali bog'ni rassom, agronom va savdo xodimining idrok qilishi bir-biridan farq qiladi.
Appertseptsiya hodisasi og'zaki nutqni idrok qilishda ham yaqqol ko'rinadi.