I. Idrok haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari idrok tushunchasining ta'rifi idrokning murakkabligi



Yüklə 17,43 Kb.
səhifə6/7
tarix02.06.2023
ölçüsü17,43 Kb.
#127574
1   2   3   4   5   6   7
I. Idrok haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari idrok tus-www.hozir.org

III. Idrokning tasnifi
Ma'lumki, idrok sezgi a'zolari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi a'zosi ishtiroq etishi mumkin. Lekin ulardan biri eng muhim o'rinda turadi. Masalan, suratni idrok qilishda ko'rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi bosh o'rinda turadi. Idrok jarayonida qaysi sezgi a'zosining etakchilik rolini o'ynashiga qarab idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan: ko'rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta'm bilish idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo'lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtiroq etadi. Masalan, kinofil’mni idrok qilishda ko'rish va eshitish sezgisi ishtiroq etadi. Tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar bir - biriga bog'liq. Ular muayyan makonda, ma'lum vaqtda sodir bo'ladilar. SHuningdek, ular bir - birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda, shakl, hajm va boshqa xossalarga egadir. Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos qilib olinadi, unga ko'ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Fazoni idrok qilish.
2. Vaqtni idrok qilish.
3. Harakatni idrok qilish.
Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o'zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o'lchovda idrok qilinadi, narsalarning shakli: uch burchakli, turt burchakli, kub, kvadrat, doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta -kichik, o'rtacha, yirik mayda va boshqalar. Narsalarning bir -biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o'ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko'rish, teri, muskul -harakat organlari bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko'z bilan va ikki ko'z bilan idrok qilamiz. Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko'zning to'r pardasida aks etadi. Bu nurlar ko'z gavharida bir -birini kesib o'tadi va ularning kesishgan joyida ko'rish burchagi hosil bo'ladi. Bu burchakning katta - kichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta kichikligiga hamda uning ko'zdan qanchalik uzoq - yaqinligiga bog'liq. Ko'z gavharining va umuman, ko'zning narsalarni eng yaxshi ko'rish uchun moslashuvini akkomodatsiya deyiladi.
Odatda fazodagi narsalarning, shakl, hajmi va o'zaro munosabatlarini ikki ko'z bilan (binokulyar) idrok qilinadi.
Biz bir narsaga ikki ko'z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning sababi o'sha narsadan keladigan nurlarning ko'z to'r pardasiga mos yoki nomos nuqtalarga to'g'ri kelishiga bog'liq. Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergentsiya muhim ahamiyatga ega. Konvergentsiya biror narsaga qaraganda ikkala ko'z soqqasining qanshar tomon bab - baravar burilishidir. Konvergentsiya masofani, chuqurlikni aniq, to'liq idrok qilishga imkon beradi.



Yüklə 17,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin