I. Idrok haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari idrok tus-www.hozir.org
2. Idrokning murakkabligi Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi:
1. Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan: qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtiroq etadi. Qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning retseptiv tomonini tashqil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning pertseptiv tomonini tashkil etadi.
2. Har bir idrok tarkibiga kishining o'tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi.
Biz bunday shakl va buyumlarni ilgari juda ko'p marta ko'rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. SHuning uchun bu shakllardagi etishmagan joylarni o'sha bilimlardan olib qo'shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok jarayoniga xotira faoliyati qo'shiladi.
3. Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi, Masalan, derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o'rmon yoki gullarga o'xshatish, kesib olingan daraxt to'nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o'xshatish, osmondagi pag'a - pag'a so'zib yurgan oq bulutlarni idrok qilib, to'plab qo'yilgan paxtaga o'xshatish va boshqalar.
4. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo'lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va “bu nima”, “buning nomi nima” degan savol tug'iladi. SHuning, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. YA'ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so'z bilan aytiladi va mavjud tushuncha doirasiga kiritiladi. Masalan “bu gul”, “bu mashina”, “bu kitob” va boshqalar.
5. Idrok jarayoniga his - tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his - tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa-hodisalar to'g'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonida vujudga kelishi mumkin.
His - tuyg'ular idrokning faollik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, yorqin qiladi.
6. Idrok jarayonida diqqat g'oyat katta ahamiyatga ega.
Diqqat idrokning faolligini oshiradi va uning mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz hech narsani idrok qilish mumkin emas. Narsa - hodisalarni to'liq va raso idrok qilish uchun shu narsa - hodisalar ustida diqqat kuchli va barqaror turishi zarur. Demak, o'quv materialini yaxshi idrok qilish uchun o'quvchilar diqqatini uyushtirish kerak.