I. Kirish 1 Neftni qayta ishlash jarayonlari va bosqichlari


Neft va neft mahsulotlarining sanoat termik jarayonlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə5/6
tarix09.02.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#123203
1   2   3   4   5   6
I. Kirish 1 Neftni qayta ishlash jarayonlari va bosqichlari

Neft va neft mahsulotlarining sanoat termik jarayonlari
Neftni termik qayta ishlash asosiy jarayonlari quyidagilardir:
1. Termik kreking.
2. Piroliz.
3. Kokslash.
Termik jarayonlarni olib borish sharoitiga qarab xomashyo turli agregat holatda bo`lib qolishi mumkin. Piroliz jarayonida reaksiyalar gaz fazada amalga oshiriladi, neft qoldiqlarini kokslash jarayoni esa suyuq fazada ketadi, og`ir xomashyoni termik krekingida esa gaz va suyuq fazalar birgalikda mavjud bo`lishi mumkin.
Termik kreking
Neftni qayta ishlash og`ir qoldiqlarini termik krekingi quyidagi mahsulotlar olish uchun amalga oshiriladi: avtomobil benzini (hozirda ushbu jarayon eskirgan); qurum ishlab chiqarish uchun xomashyo bo`lgan yuqori aromatlashtirilgan gazoyl; koks ishlab chiqarish uchun kreking qoldiq; kam qovushqoqlikka ega bo`lgan mazut yoqilg`isi.
Jarayon 470-5300C, 2-7MPa bosimda olib boriladi. Avtomobil benzinini olish uchun xom ashyo sifatida nisbatan yengil neft fraksiyalari (200-3500C) ishlatiladi. Kam qovushqoqlikka ega bo`lgan
Xomashyo sifatida gudron va katalitik gazoyl aralashmasi ishlatiladi.
Kreking - benzin
Benzin quyi kimyoviy stabilligi va yuqori bo`lmagan oktan soni (66 - 68 motor usuli bo`yicha) bilan xarakterlanadi.
Kreking benzinini avtomobil benzini komponenti sifatida ishlatish uchun uni qo`shimcha stabillash lozim.
Kerosin-gazoyl fraksiyasi
Kerosin gazoyl fraksiyasi (200 - 3500C) flot mazutining qimmatli komponentidir. U gidrotozalangandan so`ng dizel yoqilg`isi komponenti sifatida ham qo`llanilishi mumkin.
Termogazoyl
Termogazoyl texnik uglerod ishlab chiqarishda xomashyodir.
Kreking qoldiq
Kreking qoldiq (3500C dan yuqori fraksiya) qozon yoqilg`isi sifatida ishlatiladi. U to`g`ridan-to`g`ri haydab olingan mazutga nisbatan yuqoriroq yonish issiqligiga va quyiroq qotish haroratiga va qovushqoqlikka egaligi bilan xarakterlanadi.
Piroliz
Uglevodorod xomashyosining pirolizi jarayoni asosan quyi alkenlarni olishga bag`ishlangan bo`lib, jarayon 700-10000C haroratda va atmosfera bosimiga yaqin bosimda olib boriladi.
Etilen olish uchun optimal xomashyo etandir. Etilenning miqdori ushbu jarayonda 80% (mass.) ga yetadi. Etilenning ko`p miqdori propan pirolizida 47% (mass.) va butan pirolizida 45% (mass.) olinadi. Tarmoqlangan alkanlarning pirolizida ko`proq propilen hosil bo`ladi. Yuqori haroratda alken va metilatsetilenlar ham hosil bo`ladi. Quyi alkenlarning miqdori sikloalkan va arenlarning pirolizida yuqori emas

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin