I kirish II. Asosiy qism: Hujayra muhandisligining moddiy asoslari



Yüklə 231,9 Kb.
səhifə5/7
tarix05.07.2022
ölçüsü231,9 Kb.
#117355
1   2   3   4   5   6   7
hujayra-injenerligi kurs ishi (2)

Hayvonlar hujayra muhandisligi.
Hayvon hujayralari suspenziya ko'rinishida yoki qattiq sub-stratga biriktiriigan holda o'stiriladi. Bunday hujayralar, masalan, HeLa (inson o'smasi hujayrasi) ikkala holatda ham o'sishi mumkin: limfoblastom hujayralar suspenzion kulturada, normal diploid hujayralar esa qattiq substratga biriktiriigan holda o'stiriladi.
Oxirgi paytlarda hujayra o'sishini nazorat qiJuvchi tizimlar «buxta» ko'rinishida o'ralgan, gazni o'tkazuvchan teflon trubkalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday sharoitlarda ko'plab hujay-ralarning kulturasini olish mumkin. Yana bir samarali metod — bu, hujayralarning uncha katta bo'lmagan marjonlar (sharchalar, mikxotashuvchilar)ga biriktirilishiga asoslangan usuldir. Sharchalar sefadeksdan (dekstrin tabialli modda) yasalib, uning umumiy yuzasi 7 sm2/mg teng bo'lishi mumkin. Sharchalar suspenzion holatda suza oladi va ularda turU tipdagi hujayralar o'sa oladi. Bu usul yordamida inson interferoni ishlab chiqarilmoqda.
Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O‘simliklarning kloni bir hujayradan sun’iy sharoitda ko‘paytirilib yoki vegetativ ko‘paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi sababli ularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi. 1977-yili J.Gyordon tomonidan hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi.

1997-yil Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo‘yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil bo‘lgan transplant tuxum hujayra o‘gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari erishgan natijalarning J. Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni kiritb yetuk organizm oldilar.


Yüklə 231,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin