Protoplastlar kulturasini olish Protoplastlar kulturasini olish uchun 2 xil yo'l bilan yonda-shiladi: suyuq muhit tomchilarida inkubatsiya qilinadi va agarli qatlamga o'tkaziladi.
Alohida ajratib olingan (izolyatsiya qilingan) protoplastlar hujayra devorini tiklagunga qadar qisqa vaqt ichida bir-biri bilan qo'shilishi mumkin. Bu jarayon nafaqat bir tipdagi o'simlik proto-plastlariaro, balki geterolik protoplastlararo bo'lishi ham mumkin. Shu usul bilan 2 turdagi tamaki o'simligining protoplastlarini qo'shib, regeneratsiyalangan o'simlik olingan. 1978-yil esa karlosh-ka va tomat o'simliklarining protoplastlari qo'shilgan. Buning natijasida tomatning kasalliklarga chidamlilik xususiyatlari kartoshkaga ko'chirilgan.
Somatik gibridizatsiya — o'simliklarning gibridini yaratishning yangi metodi bo'lib, bunda gibridlanayotgan hujayralar sifatida gametalar (reproduktiv hujayralar) emas, balki protoplastlar olina-digan o'simlik tanasining hujayralari (somatik) qatnashadi. Proto-plastlarni qo'shishda hujayra genomidan tashqari 2 ta turli sito-plazmalar ham qo'shiladi. Ko'pgina hollarda yuksak o'simliklarning protoplastlarini qo'shish natijasida yo gibrid, yo sibrid hosil bo'ladi. Sibrid o'simlikda ikkala o'simlikning sitoplazmasi qo'shiladi, yadro esa faqat bittasiniki bo'ladi.
Geterologik protoplastlarni qo'shayotganda mos keladigan markerni tanlash kerak. Bunday marker sifatida plastidalar yoki xloroplastlar bo'lishi mumkin. Plastidalardan tashqari, izoenzimli tarkib, nuklein kislotalarning xususiyatlari, malum bir moddalarga chidamlilik va xromosomalar yoki hujayra kariotiplari soni ham biokimyoviy yoki genetik markerlar bo'lishi mumkin.
Protoplastlar labil tuzilmalar bo'lgani uchun somatik gibridi-zatsiyalash yo'li bilan hujayraga begona materiallarni hamda ularga ajratib olingan DNK yoki boshqa hujayralarning organellarini kiri-lish mumkin. Hozirda yadro va xloroplastlar boshqa o'simlik hujay-rasiga transplantasiya qilingan.
O'simlik va hayvon hujayralari kulturalarini o'stirish texno-logiyalari. Biotexnologik maqsadlar uchun organizmlarning yop pasiga kulturasini olish texnologiyalari bakteriyalar, achitqilar va mitselial zamburug'lar uchun ishlab chiqilgandir. Hozirgi vaqtda o'simlik va hayvon hujayralari kulturalarini yaratish bo'yicha tadqiqotlar ham jadal davom etmoqda. O'simlik hujayralari kulturalarini olish texnikasining mukammallashganligi sababli, ko'plab mamlakatlarda ba'zi bir o'simliklarning yangi, oldindan belgilangan xususiyatga ega bo'lgan navlarini yaratish bo'yicha tadqiqotlar samarali davom ettirilmoqda va anchagina yutuqlarga ham erishil-gan. Ushbu metodlar organogenez va nihollami amplifikatsiyalash, so'ngra ularni tuproqqa ekish bo'yicha qilingan ishlar natijasida takomillashtirilmoqda. Ko'plab o'simliklar hujayralarining suspen-zion kulturalaridan yaxlit o'simlikka xos bo'lgan mahsulotlami ajratib olish (nikotin, alkaloidlar, jenshen) maqsadida foydalanish keng miqyosda yo'lga qo'yilgan va u amaliyotda keng qo'llanib kelinmoqda. Digitalis, yasmin, yalpiz kabi o'simliklar sintez qiladigan qimmatbaho fiziologik faol preparatlarni ishlab chiqarish samarali hisoblanadi. O'simlik hujayralari, kulturalarini olishda ishlatila'digan suyuq, doimo aralashtirib turiladigan muhitda fer-mentatsiya qilish metodlari imkrobiologiya texnologiyasiga o'x-shashdir. O'simlik hujayralari bakteriyalarga nisbatan sekin o'sishiga qaramay, ularning xarakteristikasi bir-biriga yaqindir. Shuning uchun ham faqat o'simlik yoki hayvon hujayralari sintezlaydigan ba'zi bir muhim organik birikmalami olish maqsadida yanada yan-giroq, samaraliroq texnologiyalar yaratish ustida tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.