I. Kirish. II. Asosiy qism


«20 ichida bir xonali sonlarni ayirish»



Yüklə 35,96 Kb.
səhifə7/9
tarix11.11.2023
ölçüsü35,96 Kb.
#132227
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I. Kirish. II. Asosiy qism-www.fayllar.org

«20 ichida bir xonali sonlarni ayirish»
o’tkaziladigan didaktik o’yin:«Eng yaxshi hisobchi».
Didaktik topshiriq: bir noma’lum son beshni o’nlikdan oshirib qo’shish va ayirishni mashq qildirish.
o’yin topshirig’i: nuqta o’rniga kerakli sonni qo’yib, 4 ta misol yechish, Misol yechilishini tekshirish va tuzata olish.
o’yin uyga berilgan topshiriq tekshirilgandan keyin o’tkaziladi. o’qituvchi dars boshlanmasdan oldin, ya’ni tanaffus vaqtida doskaga uchta ustunda quyidagilarga o’xshash misollarni yozib qo’yadi:
17—  = 10, 16 — = 11 va shu kabilar.
So’ngra o’qituvchi o’yin shartlarini tushuntirishga o’tib, shunday deydi:
— Doska uchta ustunga bo’lingan. har bir qatordan har qaysi ustun oldiga bittadan o’quvchini chaqiraman. quyidagicha javobga erishish uchun (biror misol ko’rsatadi) nuqta ustiga kerakli sonni yozib qo’yish lozim. qani, kim yaxshiroq hisoblay olar ekan?
O’qituvchi Aziza, Vali va o’lmaslarni chiqaradi-da «Boshladik!» deydi.
hamma misollarni Vali 2 minutda, Aziza 2,5 minutda, o’lmas esa 4 minutda bajaradi. So’ngra o’qituvchi:«qani, endi ko’raylikchi, ular misollarni to’g’ri yechishdimikan?»— deydi-da, misollarni shoshilmasdan o’qiy boshlaydi. hamma o’zining yechgan misollarini tekshiradi. SHu yo’sinda har bir misol «tekshirib» chiqiladi. Turg’un Ulmasning noto’g’ri misoli (8 + 6=13) ni topib olib, 6 ni o’chiradida, uning o’rniga 5 ni yozadi, ovoz chiqarib misolni takrorlaydi. Ikkinchi ustunda xatolar yo’q. Uchinchi ustunda ikkita xato bor. o’qituvchi misollar tekshirilib bo’lgandan keyin: «Vali hamma misollarni to’g’ri yechdi, demak, u — eng yaxshi hisobchi»,— deydi.
Biroq misollarni xayolda qanday yechish kerakligini hamma o’quvchilar birdaniga tushunib ololmasliklari mumkin. Bunday hollarda o’yin shartlarini yana bir mapta tushuntirib, o’yinni boshqa o’quvchilar bilan takrorlash kerak.
o’qituvchi Tolibni doskaga chaqiradi va o’yinda foydalanilgan misollarga o’xshash misolni o’ylab topishni tavsiya qiladi U doskaga 20 sonini yozadi.
— Endi,—deydi o’qituvchi Tolibga,—20 dan qaysi sonni ayirmoqchi ekanligingni sekin qulog’imga ayt Tolib «6» deb shivirlaydida, doskaga 20— 6 »ni yozadi.
o’qituvchi o’quvchilardan biriga murojaat qilib: Dilbar, nuqta o’rniga qaysi son yozilishi kerak?—deydi.
qizcha indamaydi.
— Xo’p, Dilbar,— deydi o’qituvchi,— Senda 20 ta kubik bor edi, undan bir nechasi yo’qolgan deb faraz qilaylik. Sen sanab chiqsang, 14 ta kubik qolibdi. qancha kubik yo’qolibdi?
Dilbar darhol: «Olti»—deb javob beradi.
— Xuddi shunday deb yoz,—deydi o’qituvchi,—Endi yozgan misolingni o’qi.
Doskaga yana 5 ta bola chiqariladi. Ular bittadan misol yechishadi. o’yin 13 minut davom etadi. Odatda bolalar o’z qatorlari uchun jon kuydiradilar. Misollarni «tekshirish» va «tuzatish», yangidan yangi misollar o’ylab topish bolalarga juda ham yoqadi.
Bu tipdagi o’yinlarni boshqa usullarda: + = 15 singari usullarda ham, ya’ni ayriluvchi yoki qo’shiluvchi sonni birinchi o’ringa qo’ygan holda ham o’tkazish mumkin.

                1. o’ndan oshirib hisoblash amallari


o’tkaziladigan didaktik o’yin: «qo’shish va ayirish» mashqlari.




Yüklə 35,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin