I modul. Kirish 1-mavzu. “Ona tili darslarida lug`at bilan ishlash interpretatsiyasi” kursining maqsad va vazifalari dars rejasi


O`zbek tilshunosligida lug`at va uning turlari



Yüklə 24,03 Kb.
səhifə2/2
tarix21.01.2023
ölçüsü24,03 Kb.
#122421
1   2
1-modul. Ma\'ruza (1)

O`zbek tilshunosligida lug`at va uning turlari. «Lug‘at» arabcha so‘z bo‘lib, til, sheva, lahja, so‘z, ibora kabi ma’nolarni bildiradi. Hozirgi kunda ushbu so‘z ikki ma’noda: 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo‘lgan, shuningdek, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so‘zlar yig‘indisi, ya’ni leksika; 2) so‘zlar (yoki morfemalar, so‘z birikmalari, iboralar va sh.k.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi (imlosi), talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar jamlangan kitob ma’nolarida qo‘llanadi. Ana shu ikkinchi ma’nodagi lug‘atlar ma’naviy madaniyat sohasida muhim o‘rin egallaydi, chunki ularda jamiyatning ma’lum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lug‘atlar, shuningdek, bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: muayyan voqea-hodisa haqida o‘quvchiga ma’lumot beradi; uni o‘z ona tilidagi va o‘zga tillardagi so‘zlar bilan tanishtiradi; tilni, uning lug‘at tarkibini takomillashtirish, me’yorlashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Lug‘atlar juda qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan. Ushbu fikrning isboti sifatida Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» («Turkiy so‘zlar devoni», XI asr), Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddimatul adab» («Adab ilmi muqaddimasi», XII asr) asarlarini eslatib o‘tish kifoya qilsa kerak. Bu o‘rinda shuni aytish kerakki, Yevropada, xususan, Rossiyada lug‘atlarga, lug‘atlar tuzishga bo‘lgan jiddiy munosabat XVII asrdan boshlanib, Rossiyadagi dastlabki haqiqiy izohli lug‘at ham ana shu davrda paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda lug‘atlar ma’lumot-axborot to‘plash va uni o‘quvchiga yetkazishda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘z qamrovi, maqsadi, vazifasi va tavsif usuliga ko‘ra lug‘atlarning turlari rang-barangdir. So‘zni tavsiflashdagi bir qancha farqli xususiyatlariga ko‘ra, lug‘atlarni asosan ikki turga: ensiklopedik va lingvistik (filologik) lug‘atlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, har bir turdagi lug‘at, hajmiga ko‘ra katta, o‘rtacha, kichik; qamrab olgan materialining oz-ko‘pligi va ishlanishiga qarab to‘liq va qisqa bo‘lishi mumkin. Ensiklopedik lug‘at so‘zlarning o‘zini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi. Lingvistik lug‘atlarning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan so‘zning ma’nolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Lingvistik lug‘atlar leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtai nazaridan bir qancha turlarga bo‘linadi: 1. So‘zlarning ma’nolari, qo‘llanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlarini ko‘rsatib beruvchi izohli lug‘at O‘zbek leksikografiyasi tarixida dastlabki bir tilli katta lug‘at - ikki jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» ustida katta tajribaga ega bo‘lgan lug‘atchilar guruhi 20 yil davomida jonbozlik bilan ish olib bordi va bu lug‘at 1981 yilda Z. Ma’rufov tahriri ostida nashr etildi. Nihoyat, 2006 - 2008 yillarda besh jilddan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» ham nashr etildi.. Endilikda O‘zbekistonda lug‘atchilik, shu jumladan, ikki tilli lug‘atlar tuzish sohasida amalga oshiriladigan barcha muhim va yirik ishlar, tashabbuslar milliy tilning katta izohli lug‘ati bilan, V. G. Gakning ta’biri bilan aytganda, «lug‘atning eng muhim, asosiy turi» bilan bog‘liq bo‘ladi. Chunki yangi izohli lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tilida nisbatan keng iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalarini, jumladan, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevalarda qo‘llanadigan so‘zlarni, ba’zi tarixiy va eskirgan atamalarni qamrab olgan, ular talab darajasida izohlangan. Muayyan tilga o‘zlashgan, lekin o‘zlashmaligi sezilib turgan boshqa til so‘z va terminlarini tushuntirib beruvchi xorijiy so‘zlar lug‘ati
Bir tilga oid lug‘aviy birliklarni boshqa tilga o‘girib, izohlab beruvchi tarjima lug‘atlari - o‘zbek leksikografiyasida keng tarqalgan, qadimdan ma’lum lug‘at turi. XIX asrgacha arab-o‘zbek, fors-o‘zbek, turk-o‘zbek ikkitilliligiga asoslanib yoki aksincha tartibda tuzilgan tarjima lug‘atlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa [«Devonu lug‘otit turk», «Muqaddimatul adab», «Abushqa» o‘zbekcha-turkcha izohli lug‘ati (XVI asr, Turkiya), Toli Imoni Hiraviyning «Badoeul lug‘at» o‘zbekcha-forscha lug‘ati (XVI asr boshi, Hirot), Xoksorning «Muntaxabul lug‘at» forscha-o‘zbekcha (XVIII asr oxiri, Xiva), Mirzo Mahdiyxonning «Sanglox» o‘zbekcha-forscha lug‘ati (XVIII asr, Eron), Sulaymon Buxoriyning «Lug‘ati chig‘atoiy va turki usmoniy» (XIX asr, Turkiya) asari va b.], XX asrda ular qatoriga mazkur tillar bilan birga ingliz, nemis, fransuz, ispan, hind, yapon tillari ishtirokida tuzilgan ikki tilli lugatlar ham qo‘shildi
So‘zlarning mavjud imlo qoidalariga binoan to‘g‘ri yozilittt shakllarini qayd etuvchi imlo lug‘ati (1929 yildan hozirgi kungacha kirill va lotin alifbolariga asoslangan o‘zbek yozuvida o‘zbek tilining turli hajmdagi 20 dan ortiq imlo lug‘ati tuzil131 gan; 65 mingdan ortiq so‘z va so‘zshakllarni qamrab olgan katta hajmli o‘zbek tilining imlo lug‘ati 1975 yilda, 85000 dan ortiq so‘z va so‘zshakllarni qamrab oluvchi eng mukammal imlo lug‘ati 2013 yilda nashr etilgan. Bundan tashqari, o‘zbek imlosidagi ba’zi qiyin holatlarga oid, xususan H va X harflari ishtirok etgan so‘zlar bo‘yicha tuzilgan imlo lug‘atlari ham mavjud.
Ma’lum bir yozuvchi yoki asar tilida qo‘llangan so‘zlarii izohlovchi lug‘atlar. Bunday lug‘atlar tuzish o‘zbek leksikografiyasi tarixida XVI asrdan («Abushqa») Alisher Navoiy asarlari tilini o‘rganish maqsadida boshlangan va XVI-XIX asrlar mobaynida turli hajmdagi 10 ga yaqin lug‘at yaratilgan. Ushbu lug‘atlar olimlarimiz tomonidan batafsil o‘rganilgan va tegishli ilmiy bahosini olgan. Shunday turdagi lug‘atlar XX asrda ham ko‘plab yaratildi va yaratilmoqda: So‘zligi ma’lum bir fan va texnika tarmog‘i, ijtimoiy yoki xo‘jalik hayotining biror sohasiga oid so‘z-terminlardan iborat bo‘ladigan terminologik lug‘atlar. Bunday lug‘atlar so‘zlikning berilishi va izohlanishga ko‘ra, ensiklopedik lug‘atlar bilan lingvistik lug‘atlar belgilariga ega bo‘ladi. Ular bir, ikki va undan ortiq tilli, izohsiz (ekvivalent lug‘aviy birliklarni yonma-yon keltirishdan iborat), izohli hamda ensiklopedik xarakterda bo‘lishi mumkin. Terminlar va ularning izohi qadimgi lug‘atlar - «Devonu lug‘otit turk», «Muqaddimatul adab» da, Muhammad Yoqub Chingiyning «Kelurnoma», Is’hoqxon Ibratning «Lug‘oti sitta alsina» asarlarida uchrasa-da, ular universal lug‘atlar hisoblanib, maxsus sohani ko‘zlab tuzilmagan. XX asrdagi dastlabki terminologik lug‘at – Nazir To‘raqulovning «Rus-o‘zbek tillarining ijtimoiy-siyosiy atamalari lug‘ati» 1922 yilda nashr etilgan. Shundan keyingi 95 yil ichida Uzbekistonda fan va texnikaning deyarli barcha soha va bo‘limlari bo‘yicha 300 dan ortiq turli hajm va turli xarakterdagi terminologik lug‘atlar nashr etildiki, ular ma’lum darajada soha terminologiyalarini tartibga solishga xizmat qildi va xizmat qilib kelmokda. Lug‘at turlari yuqoridagilar bilan chegaralanmaydi. Yuqorida, asosan, o‘zbek lug‘atchiligida mavjud bo‘lgan yoki bevosita o‘zbek tiliga, o‘zbek lug‘atchiligiga aloqador bo‘lgan va aksariyati amalda foydalanib kelinayotgan lug‘at turlarig‘ina ko‘rsatildi. Bu narsa lug‘atlarning vazifa doirasi naqadar kengligini va ularning o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Ona tili darslarida lug`at bilan ishlash interpretatsiyasi” kursining maqsadi.


So'z tilning m a’no bildiradigan asosiy birligidir. So'z va so'z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo'lgan barcha so'z va iboralarning yig'indisi lug ‘at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o'zbek tilining lug'at tarkibini o'rganadigan bo'limdir. Leksikologiya lug'at tarkibidagi so'zlam ing nutqda m a’no ifodalash xususiyati, qo'llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so'zlam ing eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, m a’no ko'chish hodisasi kabilarni o'rganadi. Shu sababli leksikologiya lug'at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o'zaro bog'langan, mazmunga mos so'z va so'z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug'ati qanchalik boy va rivojlangan bo'lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo'ladi; o'z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug'atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning muhim sharti hisoblanadi. Hozirgi o'zbek adabiy tili ulkan lug'at boyligiga ega. Besh jildlik „O'zbek tilining izohli lug'ati" da 80000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi berilgan bo'lib, bular umumiy qo'llaniladiganlaridir. Bunga o'zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug'atlarda, o'zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug'atlarida va turli izohli lug'atlarda www.ziyouz.com kutubxonasi berilgan so ‘zlar q o‘shilsa, lug‘at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko‘p so ‘zlar ko‘p m a’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug‘atda bosh so'zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog'langan m a’noda ishlatilishi berilgan. Maktabda nutq o'stirishning muhim vazifalaridan biri lug‘at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo'nalishlarini ajratish va asoslash, o'quvchilam ing lug'atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.

Ona tili darslarida lug`at bilan ishlash interpretatsiyasi” kursining vazifalari. Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida „ona tili, o'qish bolalarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqni o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini ta’minlashning muhim omilidir", deyiladi. Bu vazifalar grammatik mavzularni o'rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug'aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi. Ona tili o'qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o'rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til - aloqa vositasi, chunki so'zlovchi fikr-mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro'yobga chiqqan fikrni anglaydi. Ona tili fani o'quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro'yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini o'zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, tushunarli va savodli www.ziyouz.com kutubxonasi ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug'at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Lug‘at ishida so'zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o'quvchilaming ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo'llangan har bir so‘zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o'zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so'zlaming ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ulaming qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak.




Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. S.Matjonov va boshq. Ona tili o`qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009. 2. A. Zunnunov va boshq. Adabiyot o'qitish metodikasi. – Т.: O'qituvchi, 1992.
3. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. – Т.: O'qituvchi, 1992.
4. O`zbek leksikografiyasi va terminologiyasi masalalari. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2017
Yüklə 24,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin