«Ergonomika» fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, berilgan topshiriqlarni bajarishda mustaqil xulosa va qaror qabul qilishi, ijodiy fikrlay olish va mustaqil mushohada yuritish, hisob ishlari uchun belgilangan tartibda ishlashni bilish va amalda qo‘llay olishi, berilgan topshiriqlardan olingan natijalarning mohiyatini tushunishi, mustaqil bajariladigan topshiriqlarni o‘z vaqtida a’lo darajada topshirishi, mustaqil ravishda bajariladigan topshiriqlar tushunchasini mustaqil aytib berishi, texnikaviy va mavjud adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikma va tasavvuriga ega bo‘lishi.
“4”,
yaxshi baho
«Ergonomika» fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rganligi, berilgan mustaqil vazifalarni o‘z vaqtida yaxshi darajada va hisob ishlarini bajarishda olingan ma’lumotlarni tushuntira olishi va muddatda topshirishi, texnika va adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikma va tasavvuriga ega bo‘lishi.
“3”,
qoniqarli baho
«Ergonomika» fani bo‘yicha hisob ishlari uchun belgilangan tartibda ishlashni to‘liq bilmasligi va amalda qo‘llashda qiynalishi, berilgan topshiriqlarni bajarishda olingan natijalarning mohiyatini yaxshi tushunmasligi, texnikaviy va mavjud adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini va tasavvuriga ega bo‘lmasligi.
“2”,
qoniqarsiz baho
«Ergonomika» fani bo‘yicha hisob ishlari bajarmaganligi va berilgan mustaqil ishni mohiyatini tushunmasligi, bilimini etishmasligi, texnikaviy va mavjud adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalar tasavvuriga ega emasligi.