I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


hujjat bilan tasdiqlangan xarajatlar



Yüklə 338,32 Kb.
səhifə13/49
tarix03.01.2023
ölçüsü338,32 Kb.
#121954
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

hujjat bilan tasdiqlangan xarajatlar - operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti -O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan axborot resursidir.
Yirik soliq to‘lovchilar - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, soliq ma’muriyatchiligiga mansub bo‘ladigan ayrim toifadagi yuridik shaxslardir. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mezonlar soliq to‘lovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki o‘zgartirish huquqini bermaydi.
Maxsus soliq rejimlari
Aylanmadan olinadigan soliq
Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solish
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solish
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq
Soliq solish ob’ekti-Soliq solish ob’ekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Soliq bazasi-Soliq bazasi soliq solish ob’ektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi.
Soliq stavkasi-Soliq stavkasi soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi.
Soliq davri-Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi.

Yüklə 338,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin