I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
1.MASALA. Sanoat korxonasi hisobot davrida jami 60000 kub. metr suv resurslaridan foydalangan bo’lib, shundan 35 foizi yer osti manbalaridan, qolgan qismi esa yer usti manbalaridan olingan. Korxona to’lashi lozim bo’lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
2.MASALA. Elektrostantsiya hisobot davrida 450000 kb.metr yer usti suv resurslaridan, 50000 kub.metr yer osti suv resurslaridan foydalangan. Korxona to’lashi lozim bo’lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
3.MASALA. Kommunal xo’jaligi hisobot davrida 170 000 metr kub hajmida aholi punktlarini suv bilan ta’minlangan. SHuningdek o’z iste’moli uchun 27000 metr kub yer usti suv resurslaridan foydalangan. Korxona to’lashi lozim bo’lgan suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
4.MASALA. Korxona gazlangan suv va limonad ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Ishlab chiqarish hajmi - yiliga 60 000 litr. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan foydalanilgan umumiy suv hajmi suv o’lchagich asboblarining ko’rsatkichlari bo’yicha bir yilda 100 kub.mni tashkil etadi, bunda ishlab chiqarishga yer osti manbalari, boshqa maqsadlar uchun esa yer usti manbalaridan foydalaniladi. Korxona to’lashi lozim bo’lgan suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
5.MASALA. Sanoat korxonasi Termiz shahrida DSIda ro’yxatiga olingan. Korxona hisobot davrida Termiz tumani hududidagi suv resurslaridan (er usti manbalaridan) 35000 metr kub, o’zi joylashgan tuman yer osti suv manbalaridan 16000 metr kub foydalangan. Korxonaning hisobot davrida to’lashi lozim bo’lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini aniqlang va korxona soliq hisob-kitobini qaysi tuman DSIga taqdim etadi va soliqni to’laydi.
Mavzu: Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq
Mavzu bo‘yicha savollar.
Yer qa’ridan foydalanganda soliqqa tortishning zarurligi nimada?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumi asosan qaysi yer osti qazilma boyliklari hissasiga to‘g‘ri keladi?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari kimlar?
Yer qa’ridan foydalanganda soliqqa tortish ob’ekti va bazasi qanday aniqlanadi?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida tabaqalashtiriladi?
Hozirgi vaqtda yer osti qazilma boyliklarning nechta turiga nisbatan soliq stavkalari belgilangan?
Soliq kodeksida yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilganmi?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash muddatlarini yozing.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini topshirish muddatlarini yozing.