-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
6. 2020-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 7. 2020-yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshirilsin. 2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 679 330 so‘m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 238 610 so‘m; eng kam yoshga doir pensiyalar — oyiga 466 680 so‘m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 286 390 so‘m; 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq belgilansin; soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent (litsenziya) to‘lovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori — 223 000 so‘m o‘zgarishsiz qoldirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligi: mazkur qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin; ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi Soliq kodeksining mazmun va mohiyatini soliq to‘lovchilarga tushuntirish hamda amaliyotga joriy qilishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirsin. 9. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan qo‘shilgan qiymati solig‘ining salbiy summasini soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra qoplash tartibi 2020-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.