I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
tovarlarni eksport qilish - O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish;
to‘lov manbai - soliq to‘lovchiga to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
umidsiz qarz - sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati o‘tishi oqibatida uzish mumkin bo‘lmagan qarz;
favqulodda holatlar - taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chkilar, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko‘zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar bo‘lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi;
foizlar - har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek depozit qo‘yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad;
yutuq - lotereyalar, o‘yinlar, tanlovlar, musobaqalar (olimpiadalar), festivallar va shu kabi boshqa tadbirlarda olingan, natura holida yoki pulda ifodalangan to‘lovlar, sovrinlar va boshqa daromadlar;
yaqin qarindoshlar - er, xotin, ota-ona, bolalar, tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillar, bobolar, buvilar, nevaralar;
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestri - soliq to‘lovchilarga oid davlat ma’lumotlar bazasi tizimi;
qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar - buyurtmachiga tegishli xom ashyo va materiallar bo‘lib, buyurtmachi ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi;