I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
21. 2020-yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlansin: moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmasa; belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari)siz yoki loyiha hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash, ya’ni parallel ravishda olib borish; pudratchi (loyihachi) tashkilotlarni tender (konkurs) o‘tkazmasdan (“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarida nazarda tutilgan bo‘lmasa) tanlab olish asosida. Mazkur bandda ko‘rsatilgan budjet intizomi qoidalariga rioya qilinishi ustidan Bosh vazirning tegishli sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish me’yorlari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning hosildorlik oshishiga, suv va moddiy (elektroenergiya, mineral o‘g‘itlar va boshqalar) resurslar iqtisod qilinishiga ta’sirini mustaqil konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda o‘rgansin va 2020-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.