b) 18-satrda: “Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha hisobotini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.”; “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2019-yil sentyabr” so‘zlari “2020-yil fevral” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov)” so‘zlaridan keyin “Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Jamg‘arma umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi. Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni qabul qilinganidan so‘ng umumta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan yetkaziladi. Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan miqdori Respublikaning barcha umumta’lim muassasalari bo‘yicha yagona hisoblanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son) O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari o‘zgarishsiz qoldi Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida ilgari amal qilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi. Stavkalar quyidagicha ko‘rinish olgan: